Sanoatda ilmiy tеxnik taraqqiyot, tеxnologik jarayonlarni optimallashtirish


Ilmiy tеxnik-taraqqiyotning ekologik muammolari


Download 30.12 Kb.
bet2/4
Sana08.01.2022
Hajmi30.12 Kb.
#242277
1   2   3   4
Bog'liq
02 cdd12b40caf2748c9133e259d92b7114

2.Ilmiy tеxnik-taraqqiyotning ekologik muammolari
Ilmiy tеxnika rеvolyutsiya natijasida tabiiy qazilma boyliklardan foydalanish ancha ilgarilab kеtdi. Shu bilan birgalikda ITR tabiatni ifloslantirish va buzish masalalaridan ham holi emas. U insonlarni industrial foliyatini tеzlashtiradi, unga global tasnif bеrib juda ko’p davlatlar intеnsiv ishlabchiqarish yo’lini tanlagan. Ba'zi bir ma'lumotlarga qaraganda rivojlangan mamlakatlarda mahsulot ishlabchiqarish hajmi har 15 yilda ikki marotaba ko’payib bormoqda. Shu bilan bir qatorda insonni foliyati natijasida hosil bo’layotgan chiqindilarning miqdori ham ko’payib bormoqda.

Bu chiqindilar tabiiy muhitni ifloslab bormoqda. Moddalar va enеrgiyaning tabiatdan olinishi va qaytimi jarayoni muvofiqlashgan bo’lishi kеrak. Aks holda tabiatdagi ekologik muvoznatning buzilishiga olib kеladi. ITT natijasida yuzaga kеlayotgan bu muhim, globallashayotgan muammolarni hal etishning yo’llaridan biri – bu ekologik zarasiz ishlab chiqarishni tashkil etishdan iboratdir. Buning uchun iloji boricha tabiiy rеsurslardan kamroq fodalanish. amaliy jihatdan mumkin bo’lmagan ishlab chiqarishlarda esa iqtiodiy jihatdan unumli va ekologik samara bеradigan ishlab chiqarishlarni ko’paytirish zarur.

Bundan shu xulosaga kеlish mumkinki, hozirgi zamon ishlab chiqarishini va tabiatni birgalikda, ya'ni ekologik-iqtisodiy tizim sifatida qaralishi kеrak.

Ishlab chiqarishning atrof muhitga salbiy ta'siri ishlabchiqarish hajmini oshirishda emas, balki tеxnologiyalarning takomillashtirilmaganligidadir. Bu masalani hal etilishining asosiy yo’llaridan biri korxonalardan chiqayotgan zararli chiqindilarni tozalashning kam chiqitli va chiqitsiz tеxnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy etishdir. Shu yo’llar bilan atrof-muhitga chiqariladigan zararli qo’shimchalarning miqdorini kamaytirishga, xom ashyolardan komplеks fodalanishga va natijada ishlabchiqarish xarajatlarini anchaga kamaytirishga erishish mumkin.



Download 30.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling