Sanoatda qo’llaniladigan pm larning fizik mohiyati va detonastiya nazariyasi haqida ma’lumotlar
Portlovchi modda zaryadlari detonastiya tezligi va unga ta’sir qiluvchi asosiy faktorlar
Download 78.53 Kb.
|
Маъруза №4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasm.6.3. Ochiq (1) va obolochkali yopiq (2) zaryadli portlovchi modda detonastiya tezligini diametriga bog’liqligi qonuniyati
Portlovchi modda zaryadlari detonastiya tezligi va unga ta’sir qiluvchi asosiy faktorlar
Xozirgi kunda PM lar detonastiya tezligini yuqori aniqlikda o’lchash uchun zamonaviy elektron – optik apparatura ishlatiladi. Shu maqsadda foto registrastiya qiladigan optik appraturalar ishlab chiqarilmoqda. Xozirgi kunda sanoatlashtirilgan portlovchi moddalarning detonastiya tezligini aniqlash uchun Dotriщ va osstillograf usullari keng qo’llanilmoqda. Sanoatlashtirilgan portlovchi modda detonastiya tezligiga: portlatish komponentlarining bir xil aralashtirilishi, zaryad diametri va zichligi xamda dispersiyasi ta’sir ko’rsatadi. Ochiq (1) va obolochkali yopiq (2) zaryadli portlovchi modda detonastiya tezligining, uning diametriga bog’liqligi qonuniyati, 8.3. rasmda keltirilgan. Rasm.6.3. Ochiq (1) va obolochkali yopiq (2) zaryadli portlovchi modda detonastiya tezligini diametriga bog’liqligi qonuniyati Olingan ilmiy tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, har bir PM da zaryadi o’zining kritik diametriga ega. Kritik diametridan kichik PM zaryadida detonastiya qobiliyati kamayib keyinchalik o’chishga olib keladi va zaryad portlamay qoladi. Olingan natijalar shuni ko’rsatadiki, ochiq va obolochkali yopiq zaryadli PM diametrining oshishi PM detonastiya tezligining parobola qonuniyatli oshuviga olib keladi. Zaryadning kritik diametriga obolochkaning mustaxkamligining ta’siri bo’lib, u ochiq kon ishlarida qo’llaniladigan sanoatlashtirilgan portlovchi moddalarda 4mm dan 120 mm gacha bo’ladi. Obolochkaning mustaxkamligini oshirish kritik diametrni kamayishiga olib keladi. Granulyastiyalangan portlovchi modda zaryadining detonastiyasi paytidagi qog’oz obolochkaning qalinligi 60-120 mm, metalsimon trubkadan tashkil topgan obolochkaning qalinligi esa 10-30 mm ni tashkil qilishi kerak. Portlovchi moddasining zichligi uning turg’unligi va detonastiya tezligiga ta’siri katta. TEN, trotil, geksogen va boshqa turdagi portlovchi moddalarining zichligining oshirilishi detonastiya to’lqinidagi zichlik, reakstiya maydoni kengligini kamaytirib, zaryadning kritik diametrini kamaytirishga olib keladi. Grammonit va ammonit turdagi aralashmali portlovchi moddalarning zichligining oshirilishi oldin kritik diametrini kamaytirishga va undan keyin oshirishga olib keladi. Demak, mexanik aralashmadan tashkil topgan moddalarda zichlikning oshirilishi detonastiya tezligini maksimum oshirishga, keyin esa zichlikning kritik qiymatida detonastiyaning kamayib va o’chishiga olib keladi. Aralashmali portlovchi modda zichligining kritik qiymati bu portlovchi moda zichligining aniq bir qiymatida detonastiya tezligining eng kam qiymatiga ega bo’lishidir. Portlovchi moddalarning kritik zichligini oshirish uchun ularga trotil, geksogen, TEN va boshqa yuqori brizantli moddalardan tashkil topgan senstibilizatorlar kiritiladi. Portlovchi moddalar dispersligi ularning detonastiya aprametrlariga ta’siri bo’ladi. Masalan, portlovchi modda dispersligini kamayishini uning kritik diametri kamayishiga olib keladi. 0,01mm li zarrachadan tashkil topgan Trotil portlovchi moddaning kritik diametri 9 mm ni tashkil etsa, 0,5 mm li zarrachadan tashkil topgan Trotil esa 28 mm li kritik diametrga ega bo’ladi. Download 78.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling