Sanoatda raqobatbardoshlik
Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, atesstatsiya va nazorat qilish
Download 37.54 Kb.
|
Sanoatda raqobatbardoshlik
4. Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, atesstatsiya va nazorat qilish
Mahsulot sifati muammosiga tegishli masalalardan biri standartlashtirishdir. Standartlashtirish - standartlarni belgilash va qo’llash jarayoni. U normal ijodiy faoliyat bo’lib, sifatning optimal ko’rsatkichlarini, mahsulotning parametrik qatorlarini, nazorat qilish, sinash usullari va hokazolarni ishlab chiqishni va qat’iy belgilashni o’z ichiga oladi. Standartlashtirish - bu mahsulot sifatini boshqarishning tashkiliy va normativ asosi hisoblanadi. U barcha normalarni standart, instruksiya, mahsulotni asoslash uchun kerakli shartlar usuli kabi hujjatlarda aks ettiradi. Standartlashtirishning eng muhim ahamiyati shundaki, u ishlab chiqarishning rivojlanish sur’ati va darajasiga zaruriy ta’sir ko’rsatadi. Buning uchun esa standartlash fan va texnika hamda amaliy tajribalarning oxirgi yutuqlariga tayanadi. O’zbekistonda standartlashtirish milliy iqtisodiyotni boshqarish va tashkil etish bilan chambarchas bog’liqdir. Standarlashning asosiy, eng muhim vazifasi iqtisodiyot, aholi, mamlakat mudofaasi uchun tayyorlanadigan mahsulotlarga yuqori talablar belgilovchi normativ-texnik hujjatlar tizimini yaratish hamda ushbu hujjatdan to’g’ri foydalanishni nazorat qilishdan iborat. Harakatdagi, mavjud standartlashtirish tizimi quyidagilarni ishlab chiqishga va doimiy faol holatda bo’lishiga imkoniyat yaratadi: yagona texnik til; mahsulotning muhim texnik tavsifining unifikatsiyalashgan qatorlari, ya’ni o’lcham ayirmasi (qo’yish va tushish, kuchlanish, tez-tez qaytalanish va boshqalar); umummashinasozlikda ishlatiladigan buyumlarning tipo-razmer qatorlari va namunali konstruksiyalari (podshipniklar, krepej, kesuvchi asboblar va boshqalar); texnik-iqtisodiy axborotlar klassifikatorlari tizimi; materiallar va moddalar xossalari to’g’risida aniq ma’lumotlar beradigan dalillarni. O’zbekiston standartlash tizimi xalqaro, regional va milliy tizimlar bilan uyg’unlashishi kerak va quyidagilarni ta’minlashi lozim: sifat va mahsulot nomenklaturasi, xizmat va jarayonlar, insonlarning hayoti va sog’lig’i, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo’yicha iste’molchilar va davlat manfaatlarini; mahsulotning mos kelishining o’zaro almashuvi, ya’ni bir-birini almashtira olishini; inson va moddiy resurslarni tejashga ko’maklashish hamda ishlab chiqarishni iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashni; ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va yirik loyihalarning normativ-texnik bazasini yaratishni; ishlab chiqarishda va savdoda texnik to’siqlarni bartaraf etishni dunyo bozorida mahsulot raqobatbardoshligini, xalqaro mehnat taqsimotida samarali qatnashishini va h.k.larni ta’minlashi kerak. Standartlashtirish bir qator tamoyillarga asoslanadi: tarmoqlanish - bir xil umumiy xususiyatga ega bo’lgan narsalar, jarayonlar, munosabatlar, tatbiq etish mumkin bo’lgan obyektlar doirasini aniqlaydi; variantlilik - oqilona xilma-xillik, rang-baranglikni yaratish - standartlashgan obyektga kiruvchi standart elementlarning oqilona turlari minimumini ta’minlaydi; tizimlilik - standartga tizim elementi sifatida qaraydi; o’zaro almashuvchanlik - texnikaga muvofiq turli vaqt-makonning turli nuqtalarida tayyorlangan bir xil detallarni yig’ish yoki almashtirishni nazarda tutadi. Download 37.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling