Sanoatda tannar foyda va ishlab chiqarish rentabelligi
Maxsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari
Download 1.1 Mb.
|
Maxsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari
Mexnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini va ishlab chikarishni ustirish yoki tashkil etishning ilgor usullarini joriy kilish orkali xar bir mexnatchi tomonidan tayyorlanayotgan maxsulotni kupaytirish kerak. Bu xolda xar bir maxsulot birligiga sarflanadigan ish xaki kiskaradi, ammo ishchining umumiy ish xaki esa ortib boradi. Mexnat unumdorligi ish xakiga nisbatan jadal usgandagina tannarx pasayadi. Davr xarajatlari – korxonalar faoliyatida yangi ko’rsatkich hisoblanadi. Bu xarajatlar bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq emas. Bularga ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat xarajatlari, umumxo’jalik xarajatlari shu jumladan ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik xarajatlari kiradi. Ular umumxo’jalik xarajatlari bo’lib, ularning hajmi ishlab chiqarish mahsulot hajmi bilan bog’liq emas, balki davr, vaqt bilan bog’liq. Mahsulot tannarxi korxona mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan, pul bilan ifodalangan xarajatlarning yig’indisidir. Mahsulot tannarxining ma’lum darajasi juda ko’p ishlab chiqarish omillarining o’zaro ta’sir natijasidir. Masalan, tannarxning pasayishiga mehnat unumdorligining oshishi, xom ashyo, elektroenergiya, yoqilg’gi materiallarning tejab tergab sarf qilinishi, asbob uskunalardan foydalanish darajasining oshirilishi, brak, bekor turishlarning kamaytirilishi va h.k. ta’sir ko’rsatadi. Tannarxning pasaytirilishi bilan korxonalarning pul jamg’armalari oshadi, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va takomillashtirish uchun qo’shimcha mablag’ beradi, mahsulotlar chakana narxini pasaytirib bu bilan aholining turmush darajasini yuksaltirishga imkon yaratadi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling