Sanoatda tannar foyda va ishlab chiqarish rentabelligi


Xarajatlarning iqtisodiy elementlari quyidagilardan iborat


Download 1.1 Mb.
bet6/6
Sana09.05.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1447889
1   2   3   4   5   6

Xarajatlarning iqtisodiy elementlari quyidagilardan iborat:

  • Xarajatlarning iqtisodiy elementlari quyidagilardan iborat:
  • Xom ashyo va asosiy materiallar (chiqindilar kirmaydi);
  • Yordamchi va boshqa materiallar;
  • Yoqilgi;
  • Energiya;
  • Asosiy va qo’shimcha ish haqi;
  • Ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
  • Asosiy fondlar amortizasiyasi;
  • Boshqa pul xarajatlari.
  • Bundagi 1-4 – elementlar mehnat predmetlari uchun, 5 va 6 – element­lar kishi mehnati uchun, 7 – element mehnat vositalari uchun sarflangan pul xarajatlarini ifodalaydi. 8 – element esa ishlab chiqarishni normal amalga oshirish uchun zarur pul xarajatlaridir (yollangan transport, xodimlarni xizmat safariga yuborish, pochta, telegraf, o’qishga yuborilganlarga to’lanadigan stipendiya va boshqa shu kabi xarajatlar).
  • Ishlab chiqarish xarajatlarini mazkur iqtisodiy elementlari bo’yicha klassifikasiya qilish tannarxning tuzilishini o’rganish imkonini beradi. Birlik mahsulot uchun xarajat kalkulyasiya moddalari bo’yicha mahsulot tannarxidagi xarajatlar klassifikasiyalanadi.
  • Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish jarayonida tutgan o’rniga qarab asosiy va qo’shimcha xarajatlarga ajratiladi. Asosiy xarajatlar bevosita mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’ladi. Qo’shimcha xarajatlar korxonani xo’jalik jihatdan boshqarish bilan bog’liq bo’lib unga ortiqcha xarajat va nobudgarchiliklar ham (jarima, kamomad, brak, bekor turishlar) qo’shiladi.
  • Mahsulot hajmi bilan bog’liqligiga qarab xarajatlar o’zgaruvchan va shartli doimiy xarajatlarga ajratiladi. O’zgaruvchan xarajatlar mahsulot hajmi o’zgarishiga qarab o’zgaradi (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, energiya, asosiy ishchilarning ish haqi va h.k). SHartli doimiy xarajatlar mahsulot hajmi o’zgarishiga qarab o’zgarmaydi (boshqaruv xarajatlari). Mahsulot hajmining ortishi shu xarajatlar hisobiga uning bir donasi tannarxining pasayishiga olib keladi.
  • Mahsulotlarning ayrim turlari orasida taqsimlanishiga qarab xarajatlar bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi. Bevosita xarajatlar ayrim mahsulotlar tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri qo’shiladi (xom ashyo yoki asosiy materiallar).
  • Bilvosita xarajatlar ayrim mahsulotlar turlari bo’yicha shartli ravishda qandaydir to’g’ri xarajat (masalan, ish haqi)ga nisbatan proporsional ravishda taqsimlanadi. Xarajatlarni bunday guruhlarga ajratish bir necha xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga xos bo’lib, bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga hamma xarajatlar ham o’sha mahsulot tannarxiga kiradi
  • Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg’i va elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.
  • Mehnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini va ishlab chiqarishni o’stirish yoki tashkil etishning ilg’or usullarini joriy qilish orqali har bir mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni ko’paytirish kerak bo’ladi. Bu holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan jadal o’sgandagina tannarx pasayadi.
  • Mehnat unumdorligining o’sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi qisqaradi.
  • Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, Lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog’liq bo’lgan sarflarni qisqartirish kerak bo’ladi.
  • Xizmat ko’rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardagi ma’muriy boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablag’’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi.
  • Unumsiz xarajatlarni (jarima to’lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
  • Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirishning, ishlab chiqarishni rasional joylashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash mahsulot tannarxini pasaytirishning ta’minlovchi omillari bo’lib hisoblanadi. Masalan, texnika taraqqiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizasiyalash hamda kompleks avtomatlashtirish, ximiyalash mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan solishtirma xarajatlarni kamaytiradi.
  • Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun eng avvalo undagi rezervlarni, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash kerak. Ular ko’zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko’z ilg’amaydigan bo’lishi mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni aniqlash, topish mumkin bo’ladi.
  • Rezervlar har xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular eng avvalo to’planish joyiga qarab ichki ishlab chiqarish va tashqi rezervlarga ajraladi.
  • Tashqi rezervlarga tarmoqlar bo’yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy-ekologik rezervlar kiradi.
  • Rezervlar safarbar etilishi muddati bo’yicha joriy va istiqbolli rezervlarga ajraladi.
  • Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bo’yicha ham guruhlarga bo’lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va asosiy fondlardan foydalanish rezervlari kiradi.
  • Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bo’lib ko’rish mumkin:

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling