Guruh talabasi Abduvohid Ergashev 2-topshiriq. Savollar


Download 21.65 Kb.
Sana23.11.2020
Hajmi21.65 Kb.
#151050
Bog'liq
Ergashev Abduvohid 2-topshiriq


314-18 guruh talabasi Abduvohid Ergashev

2-topshiriq.

Savollar:



  1. Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi.

  2. Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari.

  3. Qiziqarli psixologik testlar va ularni qo`llash texnologiyasi

  4. .Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lish.

  5. "Psixodiagnostika"- nima?

Javoblar:

1. Har bir shaxs o’ziga xos qaytarilmas dunyo. Qobiliyatlar – shaxsdagi shunday individual, turg’un sifatlarki, ular odamning turli xil faoliyatdagi ko’rsatgichlari, yutuqlarini ta’minlaydi va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib beradi. Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu-zakovatining sifati, undagi malaka, ko’nikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bog’liq. Ilm-fandagi an’analar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning intellektiga bog’liq sifatlar juda ko’plab tadqiqotlar obyekti bo’lgan.

Olimlar qobiliyatlarning rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga, ishonchli metodikalar yaratib, har bir kishining aqli sifatiga aloqador bo’lgan ko’rsatgichni o’lchashga uringanlar. Ko’pchilik olimlar odam intellektida uning verbal (ya’ni so’zlarda ifodalanadigan), miqdoriy (sonlarda ifodalanadigan), fazoviy ko’rsatgichlarni aniqlab, ularga yana mantiq, xotira va xayol jarayonlari bilan bog’liq jihatlarni ham qo’shganlar. Ch.Spirmen faktorial analiz metodi yordamida yuqorida sanab o’tilgan ko’rsatgichlar o’rtasida bog’liqlik borligini isbot qilib, aqlning haqiqatan ham murakkab tuzilmaga ega bo’lgan psixik xususiyat ekanligini ko’rsatdi.



2. Temperament – insonning turli vaziyatlarda narsa, hodisa, holatlar va insonlarning xatti-harakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir. Individuallik” – yuqoridagi ikkala tushunchaga nisbatan torroq tushuncha bo’lib, u konkret odamni boshqa bir konkret odamdan farqlovchi barcha o’ziga xos xususiyatlar majmuini o’z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan shaxs tizimini tahlil qiladigan bo’lsak, shaxsning individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti, xarakteri, irodaviy sifatlari, emosiyalari, xulqiga xos motivasiya va ijtimoiy ustanovkalari kiradi.

Aynan shu qayd etib o’tilgan kategoriyalar shaxsdagi individuallilikni ta’minlovchi kategoriyalardir. Uning ma’nosi shundaki, bo’yi, eni, yoshi, sochining rangi, ko’z qarashlari, barmoq harakatlari va shunga o’xshash sifatlari bir xil bo’lgan insonlarni topish mumkin, lekin xarakteri, qobiliyatlari, temperamenti, faoliyat motivasiyasi va boshqalarga aloqador sifatlari majmui bir xil bo’lgan odamni topib bo’lmaydi. Ular – individualdir.



3. Qiziqarli psixologik testlar va ularni qo`llash texnologiyasi

Har bir inson o‘zi haqida bilishga qiziqadi. Bu test esa o‘zingizni yanada yaxshiroq bilishga ko‘maklashadi. Siz mazkur test orqali o‘zingizni sinab ko‘rsangiz, foydadan holi bo‘lmaydi.

1. Dengizni xayolan tasavvur qiling. U qanaqa rangda?

a) To‘q ko‘k.

b) Havorang.

v) Yashil.

g) Kulrang.

2. Qarshingizda ulkan tog‘ yastanib turibdi. Siz uning qayerida turishni xohlardingiz?

a) Tog‘ cho‘qqisida.

b) Tog‘ qiyaligida.

v) Tog‘ etagida.

3. Quyidagi shakllardan qaysi biri sizga ko‘proq yoqadi?

a) Doira.

b) To‘rtburchak.

v) Uchburchak.

4.Tanlagan buyumingiz nimadan yasalgan bo‘lishini xohlardingiz?

a) Yog‘ochdan.

b) Shishadan.

v) Qimmatbaho toshdan.

g) Metalldan.

5. Xayolan ot rasmini chizing. U qanaqa rangda bo‘lishi mumkin?

a) Jigarrang.

b) Qora.

v) Oq.


6. Bo‘ron boshlanyapti. Siz bu vaziyatda nima qilasiz?

a) Otga minib, uzoqroqqa qochib ketasiz.

b) Uyga kirib, yashirinib olasiz.

ENDI JAVOBLARNI TAHLIL QILAMIZ:

1. Bu savolning javobi sizning shaxsiyatingiz xususida umumiy ta’rif beradi.

a) Agar to‘q ko‘k rangni tanlagan bo‘lsangiz, demak, siz murakkab tabiatli insonsiz.

b) Agar havorang to‘g‘ri kelsa, boshqalar sizni oson tushunadi.

v) Yashil rangli dengizni tasavvur qilgan bo‘lsangiz, siz muloqotga kirishuvchansiz va hech narsadan tortinmaysiz.

g) Kulrang bo‘lsa, siz tortinchoqsiz.

2. Bu savol sizning hayotdagi xohish-istaklaringizni ko‘rsatadi.

a) Agar cho‘qqini tanlagan bo‘lsangiz, juda ko‘p narsaga erishishni da’vo qilasiz.

b) Tog‘ qiyaligi sizning fe’lingiz mo‘’tadil ekanligidan dalolat beradi.

v) Tog‘ etagi esa har qanday hayot tarziga ko‘nikishingizni anglatadi.

3. Tanlagan shaklingiz sizdagi konfermizm qay darajada ekanligini ochib beradi.

a) Doirani tanlagan bo‘lsangiz, demak, hammaga yoqishga intilasiz.

b) To‘rtburchak shakl – sizning mustaqil ekanligingizni bildiradi.

v) Uchburchakda to‘xtagan bo‘lsangiz – o‘jar va qaysarsiz.

4. Tanlagan buyumingiz, aniqrog‘i, uning qanday ashyodan tayyorlangani sizning yon-atrofingizdagilar bilan munosabatingizni bildiradi.

a) Yog‘och – siz tinchliksevar insonsiz. Doimo urush-janjallardan qochib yurasiz.

b) Shishani tanlagan bo‘lsangiz, qalbingiz juda ham nozik. Har doim ham o‘zingizga ishonch sezavermaysiz.

v) Agar qimmatbaho toshdan yasalgan narsani tanlagan bo‘lsangiz, sizni ishontirish va biror narsaga majbur qilish juda qiyin.

g) Metallda to‘xtagan bo‘lsangiz – siz kuchli shaxssiz. Doimo atrofdagilardan ustun bo‘lishga intilasiz.

5. Ot rangi sizning haqiqiy hayotga bo‘lgan munosabatingiz ramzidir.

a) Jigarrang – doim aniq hisob-kitoblarga amal qilib yashaysiz. Shuning uchun ham sizning hayotdagi o‘rningiz mustahkam.

b) Qora rangda to‘xtasangiz – sizni tushunish boshqalar uchun ancha qiyin. Qiyinchiliklarga o‘zingizni uraverish odatingiz bor.

v) Oq rang – siz dimog‘dor insonsiz, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldirishni xush ko‘rasiz.

6. Bu savolga javob hayotda ko‘proq kimga ishonishingizga aniqlik kiritadi.

a) agar otda ketib qolishni tanlasangiz, hayotdagi og‘ir vaziyatlarda eng avvalo, do‘stlaringizdan yordam kutasiz.

b) Uyni tanlasangiz, demak, siz oilani birinchi o‘rinda ko‘rasiz. Yordam va himoyani umr yo‘ldoshingizdan kutasiz.

4. Ananyev, Erikson va Birrenlar taklif etgan klassifikasiyaga asoslangan.

1965 yili XFAning maxsus simpoziumida qabul qilingan yosh davrlari sxemasi



yosh davrlari

erkaklarda

ayollarda

chaqaloqlik

1-10 kun

1-10 kun

emiziklik davri

10 kundan 1 yoshgacha

10 kundan 1 yoshgacha

ilk bolalik

1-2 yosh

1-2 yosh

bolalikning 1-davri

3-7 yosh

3-7 yosh

bolalikning 2-davri

8-12 yosh

8-11 yosh

o’smirlik davri

13-16 yosh

12-15 yosh

o’spirinlik davri

17-21 yosh

16-20 yosh

o’rta yetuklik davri:







birinchi bosqich

22-35 yosh

21-35 yosh

ikkinchi bosqich

36-60 yosh

36-55 yosh

keksalik davri

61-75 yosh

56-75 yosh

qarilik davri

76-90 yosh

76-90 yosh

uzoq umr ko’ruvchilar

90 yoshdan ortiq

90 yoshdan ortiq



5. Psixodiagnostika» atamasi psixologik tashxis qo‘yish degan ma'noni anglatib, shaxsning ruhiy holati, to‘liq biror-bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir, bunda «tashxis» shaxsning taraqqiyot ko‘rsatkichi va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holat va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat. «Psixodiagnostika» atamasi ilk bor Rorshaxning «Psixodiagnostika» asari chop etilishidan so‘ng psixiatriyada qo‘llanilgan bo‘lib, u tez orada tibbiyotdan tashqarida ham keng miqyosda ommalasha boshladi. «Diagnoz», ya'ni «tashxis» esa shaxs rivojlanishidagi har qanday og‘ishlarni, hattoki uning holat va xususiyatlarining konkret taraqqiyot darajasini aniqlash demakdir.

Psixodiagnostika – bu maxsus bilimlar sohasi bo‘lib, individ guruhning psixologik taraqqiyot ko‘rsatkichlarini, holat va xususiyatlarini baholash uchun metodikalar majmuini ishlab chiqish bilan bog‘liqdir. Psixologiya fani o‘rganayotgan har qanday jarayon psixodiagnostikaning baholash ob'ekti bo‘lishi mumkin. Masalan: o‘zaro hamkorlik qilayotgan shaxslarning xatti-harakatlari va muloqotida Yuzaga keladigan, alohida bir odam sezgisidan boshlab, murakkab ijtimoiy- psixologik jarayongacha.
Download 21.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling