Sanoatda zamonaviy boshqaruv tizimi


Download 133 Kb.
bet1/4
Sana06.11.2023
Hajmi133 Kb.
#1751334
  1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu


SANOATDA ZAMONAVIY BOSHQARUV TIZIMI

  1. Boshqaruv ob’ektiv zaruriyat va maqsadga yunaltirilgan jarayon

sifatida
Har kanday ishlab chiqarish boshqaruvning muayyan tizimisiz oqilona xarakat kila olmaydi va rivojlanmaydi. SHu tufayli ijtimoiy mehnat taksimoti asosida jamiyat uziga xos va mos boshqaruv tizimini yaratadi.
«Boshqaruv» tushunchasi uzoq va chuqur tarixiy taraqqiyotga ega. Uning yuzaga kelishi esa insoniyat taraqqiyotining eng muhim jarayonlaridan biri xisoblanadi. Boshqaruv faoliyatining dastlabki davrida insonlar uz bilim va tajribasiga asoslangan xolda ishlab chiqarishni boshqargan bulsalar, asta- sekinlik bilan texnika-texnologiyaning rivojlanishi, ishlab chiqarish sur’atlarining usishi va xar xil tashkiliy sharoitlar yuzaga kelishi natijasida faoliyatning mazkur turi ancha murakkablashib bordi. Bunday xolatni anglash, chukurrok o`rganish va bilish «Boshqaruv fanining vujudga kelishiga olib keldi.
Boshqaruvning bir qator nazariy va amaliy vazifalari F.U. Teylor tomonidan asoslab berilgan. U boshqarishga «Nima qilish kerakligini, uni eng yaxshi va qulay usulda amalga oshirishni anik bilish san’ati», - deb ta’rif bergan.
Boshqaruvning ma’nosi va moxiyati, ahamiyati va mazmuni, tamoyillari va usullari tugrisida buyuq olimlar, mutafakkirlar, mutaxassislar juda kup fikr aytishgan va yozib koldirishgan.
Boshqaruv — aloxida funksiya bo`lib, turli-tuman sohalar (mamlakat va uning xududlari, milliy iqtisod va uning tarmoqlari, korxona va uning bulimlari) da insonlar ustidan raxbarlik qilish faoliyatidir.
Boshqaruv — tashkilotning maqsadini ifodalash va unga erishish uchun zarur bo`lgan rejalashtirish, tashkil etish, ishtiyokni uygotish (motivakiya) va nazorat qilish buyicha faoliyat turi jarayonidir.
Boshqaruv — shunday faoliyatki, uning yordamida uyushmagan jamoa (xaloyik yoki tuda) samarali va anik maqsadga yunaltirilgan unumli (barakali) guruhga aylantiriladi.
Boshqaruv — ma’lum jarayonga, organizm va jamoaga maqsadli ta’sir kursatishni uzida ifoda etuvchi ijtimoiy faoliyatning bir turidir.
Boshqaruv — muayyan axborotga asoslangan va mavjud dasturga muvofiq ob’ektning ishlashini, ya’ni faoliyat kursatishini ta’minlashga yunaltirilgan tadbirlar majmuasidir.
SHuningdek, mashxur frankuz olimi Anri Fayol xam boshqaruvga quyidagicha ta’rif beradi: «Boshqaruv — bu, korxona ixtiyoridagi barcha resurslardan maksimal (eng kup — A.O.) foyda olgan xolda uni maqsad sari etaklash faoliyatidir». Demak, boshqaruv ob’ektiv zaruriyat va maqsadga yunaltirilgan jarayon xisoblanadi.
Makroiqtisodiy sohaning etakchi tarmog`i bo`lgan sanoatni boshqarish zaruriyati tugrisida suz yuritilganda yuqoridagi ta’riflarni yanada kengaytirish va mazmunan boyitish zarurati yuzaga keladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishni, jumladan, uning eng yirik va etakchi sohasi bo`lgan sanoatni boshqarishning ob’ektiv zaruriyatini izoxlab shuni aytish kerakki, yirik mikyosda amalga oshiriladigan, xar kanday tugridan -tugri kilinayotgan mehnat, ishlab chiqarish kuproq yoki kamrok darajada boshqarilishga muxtojdir.
Boshqaruv individ yoki jamoa faoliyatining aloxida turi sifatida xar kanday ijtimoiy jamiyatga xos jarayondir. Lenin uning tavsifi, maqsadi, vazifalari, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida turlicha bo`lishi mumkin. SHu sababli xar bir bosqichda bu kategoriyaning asosiy muammolari chukur, xar tomonlama tadkik qilinadi va ularning echimi topiladi.
Iqtisodiyotda boshqarishning eng muhim muammolari quyidagilardan iborat bo`lishi mumkin:

  1. boshqaruvning nazariy asoslari va fundamental qoidalarini ilmiy va amaliy tomondan ishlab chikish. Bunda jamiyat taraqqiyotining yangi sharoitlarida boshqaruvning moxiyati, ahamiyati, mazmuni, maqsadi va vazifalarini aniqlash;

  2. boshqaruvni bozor iqtisodiyoti va xujalik faoliyatini demokratlashtirish tamoyillari xamda usullari bilan uygunlashtirish;

  3. iqtisodiyotni boshqarishning eng yuqori samara keltiradigan usullarini aniqlash;

  4. boshqaruv idoralarining tashkiliy tuzilmasini, ularning funksiyalari, xuquqlari va majburiyatlarini belgilash;

  5. boshqaruv idoralarini xozirgi zamon texnika va texnologiyasi bilan ta’minlash, ular faoliyatida statistik va iqtisodiy-matematik usullarni keng mikyosda joriy etish, axborot ta’minoti va boshqaruv jarayonida ishlatiladigan xujjatlashtirish tizimini takomillashtirish;

  1. jamoani boshqarishning eng yaxshi shakl va usullarini izlab topish xamda ularni ishlab chiqarish boshqaruvida joriy etish;

  2. sanoat va uning barcha tarmoqlarini boshqarishda xorijiy mamlakatlarning ilgor tajribalaridan keng mikyosda foydalanish.

Boshqaruv ilmi (menejment)da boshqaruvning ikki xil tushunchasi mavjud bo`lib, ularning birini boshqaruvning sub’ekti va ikkinchisini boshqaruvning ob’ekta tashkil etadi.
Boshqaruv sub’ekti — jismoniy yoki yuridik shaxslar bo`lib, undan amaldagi qonunlar asosida xokimiyat idoralari tomonidan berilgan vakolatlarga muvofiq xuquqiy ta’sir yuzaga keladi.
Boshqaruv ob’ekti — boshqaruv sub’ektining xuquqiy ta’siri qaratilgan narsadir. Bunga ishlab chiqarish va xujalik tizimlari, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, jismoniy va yuridik shaxslar kirishi mumkin.
Ko`rinib turibdiki, u xolatda xam, bu xolatda xam insonlarni boshqarish ularning uzi tomonidan amalga oshiriladi. Faqat kishilar, ularning faoliyati, jumladan, mahsulot ishlab chiqarish, xujalik va boshqa jarayonlar bilan bog`liq bo`lgan faoliyatlari boshqaruvning predmeti, ya’ni xozirgi zamon menejmentining asosi xisoblanadi. Boshqaruvning sub’ekta va ob’ektisiz menejment fan va xujalik tajribasi sifatida uz mazmun va moxiyatini yuqotadi.
Albatta, minglab kishilar ishlaydigan sanoat xam bu tushuncha va muloxazalardan xoli emas. Ayniqsa sanoat ishlab chiqarishida «sub’ekt» va «ob’ekt» tushunchalari boshqa tarmoqlarga nisbatan xiyla ravshanrok ko`rinadi. Bunda vazirlik, kompaniya va aksiyadorlik jamiyatlaridagi boshqaruvchilar korxonadagi boshqaruvchilarga, korxonadagi boshqaruvchilar esa keH uchastka boshqaruvchilariga raxbarlik qiladilar. Ko`rinib turibdiki, sanoatni boshqarish xam ijtimoiy ishlab chiqarishda amal qiladigan qonun va qoidalarga buysunadi. SHu tufayli sanoatni boshqarish ijtimoiy ishlab chiqarishning tarkibiy va ajralmas qismi xisoblanadi.
Boshqaruv jarayoni kaerda amalga oshirilishidan kati nazar, kiklli (davriy) va ayni vaqtda uzluksiz xisoblanadi. Boshqaruv davri maqsadning aniklanishidan unga erishilgungacha bo`lgan vaqtni uz ichiga oladi. Demak, uning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat: maqsadni shakllantirish (belgilash); maqsadni rejalashtirish va bashorat qilish;

  • qabul qilingan qarorlar yoki maqsadli vazifalarni muvofiqlashtirish;

  • erishilgan natijalarni taxlil etish va baxolash;

  • yangi boshqaruvli tizimni tanlab olish va aniqlash. Bu barcha kikllar uchun eng muhim boshqarmaviy tizim xisoblanadi.

Faqat bunday tizim boshqaruvning negizini tashkil etadi. Ta’sir etish samarali bo`lishi uchun quyidagi asosiy shartlarga rioya qilish zarur:

  1. boshqarishning sub’ekti va ob’ekti boshqaruvchi va boshqariluvchi kuyi tizimlar sifatida bir-biri bilan sababli- natijaviy bog`liq bo`lishi;

  2. boshqaruvchi kuyi tizimning anik boshqarish buyicha maqsadi bo`lishi;

  3. boshqaruvchi kuyi tizim boshqaruv ob’ektining axvoli, uning faoliyati natijalari, atrof-muxitning imkoniyatlari tugrisidagi axborotni qabul qilish kobiliyatiga ega bo`lishi;

  4. boshqaruv ob’ekti boshqarmaviy ta’sirlarni qabul eta oladigan bo`lishi va ularning mazmuniga mos keladigan ishlarni bajara olishi kerak.

Bu shartlarga rioya qilish boshqaruvchanlikni, ya’ni boshqaruv tizimining ishchanligini ta’minlaydi. Boshqaruvning ob’ekti qancha lik murakkab bulsa, boshqaruv idorasining ishchanlik kobiliyati xam shunchalik yuqori bo`lishi darkor.
Har kanday boshqaruv uz maqsadi va vazifalariga ega.
Maqsad — bu, inson faoliyatining avvaldan fikran uylangan natijasidir. SHunga binoan, boshqaruvning maqsadi deganda, boshqaruv sub’ektining oldindan uylangan, muljaddangan, erishish zarur bo`lgan natijasi tushuniladi. Sanoatda esa, maqsad — kup va sifatli mahsulot ishlab chiqarish va uni uz vaqtida sotiga xamda muljallangan foydani olishdir.
Har kanday maqsadga ma’lum talablar kuyiladi. Dastavval, maqsad ilmiy va amaliy jixatdan asoslangan bo`lishi kerak. Ikkinchidan, u anik, yaxshi ifodalangan va adresli bo`lishi zarur. Uchinchidan, quyilgan maqsad erishimli bo`lishi, ya’ni unga etishishning imkoniyatlari, shart va sharoitlari xisobga olingan bo`lishi kerak.
Quyilgan maqsadga erishish uchun ma’lum vazifalarni bajarish zarur. Ma’lumki, vazifa — bu, avvaldan belgilangan, aniqlangan, kursatilgan, bajarilishi va xal etilishi lozim bo`lgan ish, narsadir.
Sanoat ishlab chiqarishida boshqaruvning vazifalari quyidagilardan iborat:
kelajakni anik kurmok (istikbolni tugri bashorat qilish va unga monand bo`lgan faoliyat dasto`rini tuzish);
tashkillashtirmok (sanoatning ichki, moddiy va ijtimoiy tuzilmasini barpo etish);
personalni idora kilmok (sanoat ishlab chiqarish xodimlarini xarakatga keltirish);
kelishish (xarakat va tirishkoklikni bir-biri bilan uygunlashgirish); nazorat qilish va kuzatish (joriy etilgan va berilgan buyruk asosida xarakatning, ya’ni faoliyatning kanday tarzda bulayotganini mushoxada qilish).
Boshqarish jarayonida oldindan kura bilish nixoyatda katta ahamiyatga ega. Barcha jarayonlarni kuzatib, ularning uzgarishiga qarab ishlab chiqarish, ish bajarish yoki xizmat kursatish boshqarilib turiladi. Masalan, mahsulotta bo`lgan extiyoj, narx-navo, texnika va texnologiyalar uzgarishi, ish xaki va ijtimoiy muxofazaning xolati ishlab chiqarishga katta ta’sir kursatadi. SHuning uchun vaziyatga qarab kerakli uzgarishlarni zudlik bilan amalga oshirish kerak buladi.
Boshqarish jarayonida rejalashtirish xam muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mahsulot hajmini belgilaganda uni barcha resurslar bilan ta’minlash va ularni etqazib berish masalasiga katta e’tibor berish kerak. Ma’lumki, rejalar bir kunlik, un kunlik, bir oylik, bir kvartallik, bir yillik, besh yillik va un-un besh yillik bo`lishi mumkin. Oxirgisi «konkepkiya», «bashorat» tushunchalari bilan bog`liqdir.
Ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz buladi, chunki u, eng avval, yuzaga keladi, shakllanadi, rivojlanadi va takomillashadi. Ana shu uzgarishlarni tatikiltchilik ta’minlaydi. Tashkilotchilik — moddiy-texnika ta’minoti, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish va tayyor mahsulotni sotish jarayonlaridan iborat. Tashkilotchilikka kunda yuz beradigan muammolarni tez xal etish bilan bog`liq bo`lgan faoliyat xam kiradi.
Muvofiqlashtirish va nazorat xam muhim vazifalardan xisoblanadi. Tarmoqlar, korxonalar, kexlar va uchastkalar, bulimlar xamda unda ishlaydigan xodimlar faoliyatini muvofiklashtirib turilgandagina yuqori natijalarga erishish mumkin. Barcha topshiriklarning uz vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun nazorat kerak.
Boshqaruv jarayoni, odatda, quyidagicha amalga oshiriladi:

  • boshqariladigan ob’ektning xolati va ishlab chiqarishga salbiy ta’sir kursatadigan omillar tugrisidagi ma’lumotlarni yigittt;

ob’ektning xar xil xolatini taxmin qilish va muayyan vaziyatdagi eng yaxshi xolatini belgilash;
boshqarishga oid qaror va qoidalarni ishlab chikish va ularni boshqaruvchiga etkazish;
berilgan topshiriklarning uz vaqtida bajarilishini ta’minlash.
Ushbu tartib doimo, uzluksiz qaytarilib turadi.
Boshqaruv jarayoni amalga oshishi uchun boshqaruv idorasi tashkil etiladi. Bu idora eng kamida uzining raxbariga, buxgalteri va ta’minotchisiga ega bo`lishi kerak. Ish kulami ortib borishi bilan boshqaruv apparatida boshqaruvchilar va xodimlar soni xam ortib borishi mumkin. Lekin, oddiy va juda sodda boshqaruv idoralari bilan murakkab ob’ektlarni boshqarish mumkin emas. SHu sababli ishlab chiqarishni boshqarishning makbul zveno va pillapoyalari tashkil etiladi.

  1. Boshqarishning asosiy tamoyillari va usullari

Boshqaruv tamoyillari deganda, raxbarlik qilishning fundamental qoidalari tushuniladi. Ular iqtisodiy qonunlar xarakati va boshqarish usullari bilan bog`liq bo`lgan voqiyliklarning moxiyatini aks ettiradi. Boshqarish mexanizmini quyidagicha ta’riflash mumkin: qonunlar — tamoyillar — usullar — uslublar Ushbu mexanizmning eng muhim elementi qonun xisoblanadi. SHu sababli u tugrisida ikki ogiz suz aytish kerak buladi. Qonun — bu, ob’ektiv borlikda turli xodisalar o`rtasida kishi ongidan va ixtiyoridan tashqari, xamma mavjud bo`lgan zaruriy boglanish, munosabatdir. Masalan, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot qonunlari: talab va taklif qonuni, kiymat qonuni va boshqalar.
Qonun — bu davlat xokimiyati tomonidan qabul qilingan, xamma uchun, shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishida mehnat kilayotganlar uchun xam majburiy bo`lgan ijtimoiy-xuquqiy me’yor va munosabatlarni belgilovchi rasmiy xujjat. Masalan, Konstitukiya — Uzbekiston davlatinint asosiy qonunidir.
Tamoyillarni boshqaruv fani nazariyasi va amaliyotning poydevori deyish mumkin. Ma’lumki, poydevor qancha mukammal va mustaxkam bulsa, boshqaruv apparati shunchalik kudratli buladi.
Boshqaruv tamoyillarining shakddanishi chuqur tarixiy ildizga ega. Xususan, Uzbekistonda bu tamoyillar Amir Temur xukmronligi davrida shakllana va rivojlana boshlagan. Uzining ixcham, tezkor boshqarish devoniga ega bo`lgan Markaziy Osiyodagi Uzbekistondek buyuq davlat: ilmiy, yakkaxonlik, ierarxiya (buisinish tartibi), bilimdonlik, javobgarlik, demokratiya kabi tamoyillar asosida boshqarilgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida Uzbekistonning siyosiy -ijtimoiy va iqtisodiy istikbolga erishishining asosiy tamoyillari Respublika

Prezidenta I.Karimovning Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiyasidagi ma’ruzasida uz aksini topgan (... -jadval):
Bozor iqtisodiyotida Uzbekistonda davlatni boshqarish tamoyillari



Tamoyillar

Izox

1.

Demokratiya tamoyili

insonning uz xoxish-irodasini erkin bildirish xamda uni amalga oshirish;
barcha fukarolarning teng xuquqliligi;
davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi;
davlat va nodavlat iqtisodiyotidan saylovchilar oldidagi javobgarligi va boshqalar

2.

Iqtisodiy munosabatlarni demokratiyalash tamoyili

monopollashgan iqtisodiyotdan erkin iqtisodiyotga;
sokialistik musobokadan erkin, sof raqobatga;
kati belpiangan narxlardan erkin narxlarga; davlatlashgan mulkdan xilma-xil mulkchilikka asoslangan iqtisodiyotga utish

3.

Yuqsak ma’naviy tamoyil

• mustaqillik tafakko`rini kengrok tushunish, ya’ni:
Uzbekiston davlatinnng istiqboli va istikloli xaqida kaygurish; uzining va uz xalqinnng, vatanining kadru kimmati, or-nomusini anglab, uni ximoya qilish;
yuqsak goyalar, yangi kashfiyotlar, niyatlar ogushida mehnat kilib, iste’dodi va iktidori, bor imkoniyatini, kerak bulsa, jonini yurt istiqboli, eliga baxshida etish

4,

Milliy xafsizlikni ta’minlash tamoyili

Uzbekistonning dunyo xamjamiyatiga kirish sur’atlarini tezlashtirish; turli xalqaro , davlat va nodavlat tashkilotlari ishlarida faol ishtirok etishni ta’minlash



Uzbekistonning istiklol yuli Islom Karimovning bozor munosabatlariga utish yuzasidan olga so`rgan besh tamoyiliga asoslanadi. Ularning moxiyati quyidagicha (... -jadval):
Besh asosiy tamoyil



Asosiy tamoyillar

Asosiy tamoyillarning moxiyati

1.

Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi

Iqtisodiy isloxetlar xrch kachon siyosat ortida kolmasligi kerak, ular birorta mafkuraga buysundirilishi kerak emas. Buiing ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak.
Xam ichki, xam tashki iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan xoli kilshp zarur.

2.

Davlat bosh isloxotchi

Davlat bosh isloxotchi bo`lishi lozim. U isloxotlarning ustuvor yunalishlarini belgilab berishi, uzgartirishlar siyosatini ishlab chikishi va uni izchillik bilan utkazishi, jaxelatiarastlar va konservatorlar karshiligini bartaraf etishi shart

3.

Qonunlar va ularga rioya qilish ustuvorligi

Qonunlarga rioya etish ustuvor bo`lishi lozim. Buning Demokratik yul bilan qabul qilingan Konstitukiya va qonunlarni xrch istinosiz xamma xurmat qilishi va ularga ogishmay rioya etishi lozim

4.

Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish

Axolining demokratik tarkibini xisobga olgan xelda kuchli ijtimoiy siyosat utkazish.







Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda axelini ijtimoiy xIQmoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar qurilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yulidagi eng dolzarb vazifa bo`lib keldi va bundan keyin xam shunday bo`lib koladi

5.

Bozor iqtisodiyotiga sekin-asta, bosqichma-bosqich utib borish

Bozor iqtisodiyotiga utish ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini xIQsobga olgan xolda, utmishdagi «inkilobiy sakrashlar»siz, ya’ni evolyuqion yul bilan, puxta uylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak

Ushbu tamoyillar Uzbekistonning uziga xos sharoitlarini xisobga olgan xolda izchillik sharoitlarini shakllantirib va rivojlantirib borishni, unga asta-sekin, bosqichma-bosqich, axolining zaif katlamlarini ximoya kila borib, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy barqaror likni ta’minlash orqali bozor munosabatlariga utishni bildiradi. Ayni vaqtda ular kengash, xamjixatlik, maslaxat bilan ish yuritishni, shijoat va tavakallchilik bilan xarakat qilishni talab etadi. Bu orada soxibkiron Amir Temo`rning quyidagi suzlarini keltirish o`rinlidir. «Tajribamdan kurilganki, ishbilarmon, mardlik va shijoat soxibi, azmi kat’i tadbirkor va xushyor bir kishi ming - minglab tadbirsiz, lokayd kishilardan yaxshidir. CHunki tajribali bir kishi ming kishiga ish buyuradi».
Sanoat ishlab chiqarishining tarmoqlari, korxonalari va boshqa sohalarini boshqarishda bir qator boshqa tamoyillardan xam keng foydalanish mumkin, ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • yakkaboshchilik va boshqaruvda xamjixatlik;

  • boshqarish jarayonida rejalilikni bozor talablari bilan boglab olib borish;

  • barqaror lik tamoyili;

  • mehnatni moddiy va ma’naviy rag`batlantirish tamoyili;

  • ilmiylik tamoyili;

  • tejamkorlik tamoyili;

  • kadrlarni tanlash va joy-joyiga quyish tamoyili.

Raxbarlik qilishning fundamental qoidalarini amalga oshirish uchun bir qancha usullardan foydalanish kerak. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
tashkiliy-ma’muriy usullar;

  • iqtisodiy usullar;

  • ijtimoiy-ruxiy usullar;

  • tarbiyaviy usullar;

xuquqiy usullar va x.k.lar.
Tashkiliy-ma’muriy usullar tugrisida suz yuritilganda, avvalo, bu usulning moxiyati, ahamiyati, shakllarini ochib berish kerak. Sungra, boshqarishning xuquqiy vositalari, xuquqiy me’yorlarini bayon etish zarur.
Tashkiliy-ma’muriy usullar boshqaruv usullari tizimida aloxida o`rin tutadi va kuyi idoralarning yuqori idoralarga buysunishiga asoslanadi. Bu usulning moxiyati shundaki, boshqarish tizimidagi munosabatlarni tartibga solib turadi, jamoalar ichida va orasida ratsional alokalar tarkib topishiga yordam beradi.
Tashkiliy-ma’muriy usullar yordamida boshqaruv apparatining muayyan tizimini tuzish; boshqaruv buginlarining funksiyalarini belgilash; kadrlarni tugri tanlash va joy-joyiga quyish ; buyruklar, farmoyishlar va kullanmalar chiqarish xamda ularning bajarilishini nazorat qilish; topshiriklar va direktiv kursatmalarni bajarmayotgan bulinma va shaxslarga nisbatan ma’muriy choralar qullash amalga oshiriladi.
Boshqaruvning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Zero, xar bir muayyan jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo, manfaatlar tarzida namoyon buladi. Manfaatlar uch xilda bo`lishi mumkin:

  • umumjamiyat manfaatlari;

  • jamoa manfaatlari;

  • shaxsiy manfaatlar.

Bu manfaatlarni uygunlashtirish muammosi bir qator vazifalarni xal etishni, xar bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlar o`rnatish ni talab etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida quyidagi iqtisodiy usullardan keng foydalanishga e’tibor beriladi:

  • tarmoqlar va ularning bulinmalariga faoliyat yuritishlarida erkinlik va mustaqillik berishga;

  • barcha sohalarni pirovard natijalarga binoan moddiy rag`batlantirish, solik imtiyozlarini berishga;

  • korxona va xujaliklar o`rtasidagi uzaro shartnomalarning bajarilish intizomini mustaxkamlash va ularning rolini oshirishga;

  • moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirishga;

  • bozor munosabatlari mexanizmlari: baxo va foyda, solik va boj tulovlari, kredit va rentabellik, raqobat va xokazolarga.

Bu usulda xodimlarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi ta’minlanadi. SHu maqsadda kupincha ish xaki tulash, mukofotlar berish, bir yula katta mablag` bilan takdirlash kabilar muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy usullar boshqarishning barcha usullari orasida etakchi o`rin egallaydi. Bu usuldan oqilona foydalanish jiddiy rejalar qabul qilishga, barcha resurslardan yanada unumliroq foydalanishga, yangi texnologiyalarni joriy etishga, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga va foydani maksimaddashtirishga, natijada ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Boshqaruv tizimining muhim usuli xisoblangan ijtimoiy-ruxiy usullarning asosiy maqsadi jamoalarda sog`lom ijtimoiy -ruxiy muxitni yaratishdan iborat.
Sanoat ishlab chiqarishini boshqarishda xam bir qator umumfalsafiy usullarni qullash mumkin. Sanoatni boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o`rganish, taxlil qilish maqsadida quyidagi usullardan xam keng foydalaniladi:

  1. Tizimli yondashuv;

  2. Kompleks yondashuv;

  3. Tarkibiy yondashuv;

  4. Vaziyatli yondashuv;

  5. Integratsion yondashuv;

  6. Modellashtirish yondashuv;

  7. Iqtisodiy matematik yondashuv;

  8. Kuzatish usuli;

  9. Tajriba usuli.

Birinchi usulda sanoat ishlab chiqarishi yaxlit tizim tarzida olib karaladi. Ikkinchi usulda esa sanoat boshqa sohalar, tarmoqlar bilan uzaro boglanishda va alokadorlikda karaladi. Uchinchi usulda sanoat ishlab chiqarishi tarkibiy qismlarga, ya’ni tarmoqlar, korxonalar, sanoat infratuzilmasi va xokazolarga bo`lib o`rganiladi. Turtinchi usulda sanoatning muayyan sharoitdagi ichki va tashki vaziyatiga qarab boshqarishning ma’kul uslubi qullaniladi. Beshinchi usulda sanoat yuqoridagi usullarni birgalikda qullash yordamida boshqariladi.
Modellashtirish va iqtisodiy-matematik usullardan foydalanish jarayonida turli chizmalar, xomaki materiallar tayyorlanadi, xisoblash texnikasi va kompyuter texnologiyalarning barcha imkoniyatlari ishga solinadi.
Kuzatish usulida sanoat ishlab chiqarishi tugrisidagi ma’lumotlarni rejali, bashoratli, ilmiy jixatdan namunali uyushtirilgan asosda tuplash yulga kuyiladi.
Va nixoyat, sokiologik kuzatuv usulida sanoat ishlab chiqarishini ilmiy jixatdan asoslangan boshqarish maqsadida turli anketali surovlar, suxbatlar, testlar va inforatuzilmaviy taxlillarni utkazish kerak buladi.


Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling