Sanoatkontexnazorat
-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Download 262.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2015 сон 12 10 2009 Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari
8-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
55. Ishlab chiqarish binolari, inshootlari, uskunalari, texnologik jarayonlari ishlovchining sog‘lig‘i va mehnatini himoyalash talablariga javob berishi kerak va QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 56. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 57. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish, hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak. 58. O‘tish, chiqish yo‘llari, koridor va tambur, narvonlar, turli predmetlar, asbob-uskunalar bilan to‘sib qo‘yilishiga ruxsat etilmaydi. Evakuatsiyaga chiqish yo‘llarining barcha eshiklari 25.04.2023, 12:21 Стр. 7 из 24 binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha oson ochilishi kerak. 59. Pollar tekis, yoriqlarsiz, teshiklarsiz va qavariq joylari bo‘lmasligi, QMQ 2.03.13 “Pollar” talablariga binoan bajarilgan bo‘lishi kerak. Pollarni ta’mirlashda pollar qanday materiallardan tayyorlangan bo‘lsa, xuddi shu materiallarni qo‘llash zarur. 60. Portlash xavfi bo‘lgan va portlash xavfi bo‘lmagan xonalar orasidagi ichki devorlar gazlarni o‘tkazib yubormaydigan qilib qurilgan bo‘lishi kerak. Devorlarning suvog‘i va choklarning ulanish holatiga jiddiy e’tibor qaratish va ular buzilganda shikastlangan joylarni tezda tuzatish kerak. 61. Bir xodimga ishlab chiqarish xonalari hajmi 15m³ dan, maydoni 4,5m² dan kam bo‘lmasligi lozim. 62. Evakuatsiyaga chiqish yo‘llarining soni, ularning joylanishi QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” va ShNK 2.01.02-97 “Bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi” talablariga muvofiq bajariladi. 63. Boshqarish pultlari — zararli va portlash xavfi bo‘lgan bug‘, gaz va changlar ajralib chiqadigan, shuningdek yuqori vibratsiyaga ega bo‘lgan texnologik asbob-uskunalar o‘rnatilgan ishlab chiqarish xonalarida joylashtirilishi taqiqlanadi. 64. Xom ashyo va tayyor mahsulot transport qilinadigan devordagi ochiq teshiklar yong‘in, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydigan moslama va qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Download 262.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling