Sanoatkontexnazorat


-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar


Download 262.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/24
Sana30.04.2023
Hajmi262.76 Kb.
#1408777
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
 2015 сон 12 10 2009  Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari

11-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
79. Tashkilot maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va
sun’iy yoritishlar QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
80. Yoritish uskunalarini o‘rnatishda qandillarning turlari, lampalarning quvvati va
ularning joylashishi tasdiqlangan loyihaga mos bo‘lishi kerak. Montaj paytida va undan so‘ng
ham har qanday o‘zgarish va qo‘shimchalar amaldagi me’yorlarga javob berishi va loyihaga
tegishli o‘zgartirish kiritilgan holda amalga oshirilishi kerak.
81. Bir tekis taqsimlangan umumiy yorug‘lik qandillari mashinalar guruhi orasidagi
yo‘laklarda, poldan 4—6 m balandlikda, lokallashgan umumiy yorug‘lik qandillari esa ish
kameralari tarafidan shneklarni boshqarish balandligida va operator tarafidagi
maydonchadan 2—2,5 m balandlikda joylashtiriladi.
82. Ishlab chiqarish sexlaridagi, xomashyo omborlari va yuk tushirish-ortish
maydonlaridagi texnologik uskunalar umumiyga qo‘shimcha ravishda ko‘chma yoritish
moslamalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
83. Avariya yoritish tarmoqlariga birorta elektr energiya iste’molchilarini ulash
taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
84. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni har yili ikki martadan kam bo‘lmagan holda tozalash
lozim. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot
va boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi.
85. Uchastkalarda va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar miqdori yig‘ilishi
ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan himoyalangan holda bajarilishi kerak.
86. Yuqori xavfli xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr
yoritqichlar ishlatilishi kerak. O‘ta xavfli xonalarda, xonalardan tashqari hamda uskunalar va
inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni
ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi
kerak. Barcha ko‘chma yoritqichlar metall himoyalanish to‘ri hamda shisha qalpoq bilan
uskunalangan bo‘lishi kerak.

Download 262.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling