Sanoatkontexnazorat
-§. Yong‘in va portlash xavfsizligi talablari
Download 262.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2015 сон 12 10 2009 Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari
2-§. Yong‘in va portlash xavfsizligi talablari
125. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari” va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim 126. Har bir sex, uchastka, omborda mavjud me’yorlar asosida, hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osilishi lozim. 127. Har bir tashkilotda ma’muriyat tomonidan tayinlangan barcha ishlab chiqarish, yordamchi va maishiy xonalarda yong‘in xavfsizligiga mas’ul xodim bo‘lishi lozim. Yong‘in xavfsizligiga mas’ul shaxs familiyasi, yong‘in xavfi signali va o‘t o‘chirish bo‘limi telefonlari varaqda ko‘rsatilib, ko‘zga ko‘rinadigan joyga osib qo‘yiladi. 128. Yong‘in xavfsizligiga mas’ul shaxs majburiyatlari yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomada belgilangan bo‘lishi lozim. 129. Har bir tashkilotda yong‘inga qarshi asboblar to‘plami, o‘t o‘chirish vositalari, soni va joylashtirilishi yong‘in xavfsizligi idoralari bilan kelishilgan bo‘lishi lozim. 130. Barcha ishchi va xodimlar o‘qitish tizimida yong‘in xavfsizligi qoidalarini keng o‘rganish maqsadida, tashkilot, sex, ishlab chiqarish uchastkasi, qurilma, bino yoki inshoot uchun maxsus yong‘inga qarshi tayyorgarligidan o‘tadilar. 131. Yong‘in-texnik minimum dasturidan o‘tishni tugatishda, ishchi va xizmatchilardan zachyotlar qabul qilinishi lozim. Yong‘in-texnik minimumi bo‘yicha o‘tkazilgan zachyot natijalari hujjatlashtirilib, unda o‘rganilgan tema bo‘yicha baholar ko‘rsatiladi. 132. Yong‘inga qarshi tayyorgarlikdan o‘tmagan shaxslar ishga qo‘yilmaydi. 133. Ishlab chiqarish uchastkasida, laboratoriyada, omborda yoki ma’muriy xonalarda (egallagan lavozimidan qat’i nazar) ishlayotgan har bir ishlovchi yong‘in xavfsizligi qoidalarini aniq va qat’iyan bajarishga majbur bo‘lib, yong‘in yoki olovlanishga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi lozim. 134. Obyektda 15 kishidan ortiq ishlovchi bo‘lganda ixtiyoriy yong‘in drujinasi, muhandis- 25.04.2023, 12:21 Стр. 12 из 24 texnik personal bo‘lganda qo‘shimcha yong‘in-texnik komissiyasi tuziladi. 135. Tashkilotning barcha bino va inshootlariga kirishni ochiqligi ta’minlanishi lozim. Bino va yong‘in suv manbalari yo‘laklari, hamda yong‘in vositalariga va uskunalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak. Download 262.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling