Sanoatkontexnazorat
-§. Apparatlar va sig‘imlar ichidagi ishlar
Download 262.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2015 сон 12 10 2009 Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari
1-§. Apparatlar va sig‘imlar ichidagi ishlar
267. Apparatlar va texnologik sig‘imlar ichida turli xil ishlarni amalga oshirish muhandis- texnik xodimlardan bo‘lgan, ishlarni o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsga berilgan sex boshlig‘ining yozma ruxsati bilan o‘tkaziladi. Ishlar faqat naryad-ruxsatnoma mavjud bo‘lganda, kunduzgi vaqtda o‘tkazilishi kerak, tungi ishlarga faqat avariya hollarda yo‘l qo‘yiladi. 268. Apparatlar va sig‘imlar ichidagi ishlarga 18 yoshdan kichik bo‘lmagan, jismoniy sog‘lom, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan shaxslar qo‘yiladi. 269. Sig‘imlar ichidagi ishlar ikki va undan ortiq kishidan iborat bo‘lgan brigada 25.04.2023, 12:21 Стр. 21 из 24 tomonidan o‘tkazilishi kerak (bittasi ishlaydi, ikkinchisi uni kuzatadi). Kuzatuvchisiz (dublyorsiz) ishlashga ruxsat etilmaydi. Portlashdan xavfli muhit bo‘lgan yoki gazdan xavfli sirasiga kiritilgan apparatlar va sig‘imlarda ishlashda kuzatuvchilar ikkita bo‘lishi kerak. 270. Apparat yoki sig‘im ichida ishlashdan avval sex yoki smena boshlig‘i quyidagilarni ta’minlashi lozim: apparat yoki sig‘imni mahsulotdan yaxshilab tozalashi va keyin uni suv bilan obdon yuvishi, suyuqlikning qoldig‘i ishchini apparatda yoki sig‘imda bo‘lmagan vaqtda kyetkazilishi kerak; apparat yoki sig‘imni suv, bug‘, mahsulot va boshqa xil quvurlaridan jo‘mraklar, tiqin jo‘mraklarini yopish hamda quvurlarda zich tiqinlarni o‘rnatish yo‘li bilan ishonchli o‘chirish; avvaldan shamollatish uchun, shuningdek butun ish davomida yuqori va quyi tuynuklarni ochish (zarur bo‘lganda majburiy shamollatishni amalga oshirish); “Ta’mirlash — odamlar ishlayapti” ogohlantirish yozuvini osib qo‘yish; apparat yoki sig‘imning ichida havo muhitining tahlilini amalga oshirish, sinamalar yuqori zonada lyukdan kamida 1 m masofada va quyi zonada — tubidan ko‘pi bilan 0,2 m masofada olinadi; zaruriy ashyolar va asboblarning mavjudligi va sozligi, portlashdan xavfli muhit hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan sig‘imlarda ishlash paytida ashyolar va asboblar zarba tufayli uchqun yuzaga kelishining oldini olishi lozim (asbobga mis qoplanishi lozim); portlashdan xavfli muhiti bo‘lgan (spirt, konyak, texnik etil spirti qo‘shilgan vinolar va hokazolardan tozalangan) sig‘imlarda ishlash uchun portlashdan himoyalangan turdagi chirog‘i bo‘lgan 12 V kuchlanishli ko‘chma elektr chiroqlari (akkumulyatorli chiroqlar) yoxud boshqa joylarda ishlash uchun suv o‘tmaydigan turdagi chiroqlar mavjud bo‘lishi kerak. Ochiq alangadan foydalanish qat’iy taqiqlanadi; himoya muhofaza vositalarining mavjudligi va sozligi, sinov raqami va sanasi ko‘rsatilgan yorlig‘i bo‘lgan shlangli yoki kislorodli to‘liq ajratuvchi protivogaz, qutqarish arqoni bo‘lgan muhofaza belbog‘i. Muhofaza belbog‘i va arqonning pasporti bo‘lishi va u har 6 oyda 5 daqiqa davomida statik yuk bilan (300 kg) sinovdan o‘tishi kerak; sig‘im yoki apparat ichida ishlashga ishlashning xavfsiz usullariga maxsus o‘rgatilgan ishchilarning qo‘yilishi, shuningdek ular bilan qo‘shimcha xavfsizlik texnikasi ko‘rsatmalari o‘tkazilib, bo‘lg‘usi ishning turi hamda uning xavfsizligini ta’minlaydigan chora-tadbirlar tahlil etiladi. 271. Ishchini sig‘im yoki apparatga tushirishdan avval uning poyabzalini maxsus toza poyabzalga almashtirish lozim. Sex yoki smena boshlig‘i shaxsan ishchida mazkur Qoidalarning avvalgi bandida ko‘rsatilgan asboblar, himoya va muhofaza moslamalarining mavjudligini va sozligini tekshirishi lozim va shundan keyingina unga apparatga tushishga ruxsat beradi. 272. Ishchilarning yuqori va quyi tuynuklarga ega bo‘lgan apparatlar va sig‘imlarga kirishi quyi tuynuk orqali, quyi tuynuklari bo‘lmagan sig‘imlarga (amforalar va hokazo) tushish esa, yuqori tuynugi orqali tuynukka ilish uchun ilmoqlari bo‘lgan narvon orqali amalga oshiriladi. 273. Sig‘imlar ichidagi ishlarni bajarish uchun pastidan rezina uchliklari bo‘lgan ko‘chma (tirab qo‘yiladigan) narvonlardan foydalanish lozim. 274. Apparat yoki sig‘imning ichida shlangli protivogazda to‘xtovsiz ishlash ko‘pi bilan 15 daqiqaga ruxsat etiladi, undan keyin ishchiga ochiq havoga chiqqan holda 15 daqiqaga tanaffus berilishi kerak. 275. Shlangning bo‘sh uchi (havo olish uchi) toza havo kelishini ta’minlaydigan joyda 25.04.2023, 12:21 Стр. 22 из 24 mustahkamlanishi lozim. 276. Olib chiquvchi shlangning uzunligi 20 m dan ortiq bo‘lganda unga purkagich yordamida havo kiritilishi kerak. 277. Apparat yoki sig‘im ichida ishlar tugaganidan keyin sex (smena) boshlig‘i quyidagilarni bajarishi lozim: apparat yoki sig‘im ichida odamlar, shuningdek ashyolar va asboblarning yo‘qligini shaxsan tekshirish; apparatlar yoki sig‘imlar ulangan quvur-simlardan yopqichlarning olinishi hamda tuynuklarning bekitilishi uchun yozma ruxsat berish. Download 262.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling