Sanoatkontexnazorat
V bob. Ta’mirlash ishlarini bajarishda mehnat xavfsizligi talablari
Download 262.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2015 сон 12 10 2009 Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari
V bob. Ta’mirlash ishlarini bajarishda mehnat xavfsizligi talablari
256. Portlashdan va yong‘indan xavfli xonalarni ta’mirlash, demontaj va montaj ishlarini o‘tkazishga tayyorlash uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak: texnologik jarayonni to‘xtatish; apparatlar, yig‘uvchi moslamalar va boshqa sig‘imlarni portlashdan xavfli suyuqliklardan tozalash, yaxshilab yuvish va suv bilan to‘ldirib qoldirish; xonani shamollatish; ishlar o‘tkaziladigan xonada, shuningdek qo‘shni xonalarda havo tahlilini o‘tkazish; havoda etil spirtining bug‘lari miqdori 1000 mg/m³ dan oshmasligini ta’minlash. 257. Yirik o‘lchamli va og‘ir uskunalarni montaj qilish, ta’mirlash, tozalash, ularni alohida ehtiyotkorlik talab etiladigan joylarda ko‘tarish va siljitish faqat mexanizatsiya vositalari qo‘llangan holda, mexanik yoki ishlarni olib boruvchining bevosita nazorati ostida amalga oshiriladi. 258. Uskunalarni montaj qilishda ushbu uskunalardan foydalanishda, ishlab chiqarishda shovqinni cheklash yuzasidan amaldagi normalar bilan belgilangan qiymatlardan yuqori bo‘lgan shovqinlar va tebranishlar yuzaga kelishining oldini oluvchi choralar ko‘rilishi lozim. 259. Montaj qilinuvchi uskunalarni ko‘tarish joyida o‘tish yo‘llari yopiq bo‘lishi kerak. 260. Portlashdan xavfli xonalarda montaj, demontaj va ta’mirlash ishlarini o‘tkazish faqat davlat yong‘in nazorati mavjudligida hamda sex boshlig‘ining yozma ko‘rsatmasiga asosan ruxsat etiladi, ushbu ko‘rsatma u yong‘in xavfsizligi boshlig‘i bilan kelishilgan, tashkilotning bosh muhandisi tasdiqlagan bo‘lishi kerak. 261. Uskunalarni montaj va ta’mirlashdan keyin qabul qilish va sinash belgilangan 25.04.2023, 12:21 Стр. 20 из 24 tartibda o‘tkazilishi lozim. 262. Uskunalarni ishda sinash va tekshirishdan avval quyidagilar zarur: sinashda ishtirok etuvchi shaxslarni ishlar o‘tkazilishining tartibi va xavfsizlik choralari bilan tanishtirish; asosiy boltlarning mustahkamlanishi, uskunalar elektr qismining izolatsiyasi hamda erga tutashuvining holatini, atrofini o‘rovchi moslamalar, ishga tushirish, tormoz va bloklash moslamalarining, muhofaza va nazorat-o‘lchov asboblarining mavjudligi va sozligini tekshirish; ushbu ishlarni bajarish uchun tayinlanmagan shaxslarni sinalayotgan uskuna oldiga yoki sinov joyiga qo‘ymaslik; ish joyining yoritilganligini, yong‘inga qarshi choralarga rioya qilinishi va xavfsizlik texnikasi yo‘l-yo‘riqlarining mavjudligini tekshirish; uskuna ichida yoki tagida odamlarning, chet buyumlarning yo‘qligini tekshirish va undan keyin lyuklarni yopish; quvurlar texnologik sig‘imlarining (jumladan shisha sig‘imlari) mustahkamligi va germetikligini faqat gidravlik usulda tekshirish. 263. Mashinalar, elektr ulangan mexanizmlar, transport moslamalari va hokazolarni ishlash paytida tozalash, moylash va ta’mirlash qat’iy man etilib, ular to‘liq to‘xtatilganidan keyingina ruxsat etiladi. 264. Mashinalar, elektr ulangan mexanizmlar, transport moslamalari va hokazolarni ko‘rib chiqish, tozalash va ta’mirlashda ko‘rilayotgan yoki ta’mirlanayotgan mashina (mexanizm) elektr dvigateliga bexosdan kuchlanish berilishining oldini olish choralari ko‘rilishi kerak. 265. Ishga tushirish moslamalarida (magnit o‘chirgich tugmalari, rubilniklar va hokazolar) “Yoqilmasin — odamlar ishlayapti!” degan yozuvlar osilishi lozim, bunda elektr ulanishi zanjiridan saqlagichlarning eruvchan qismlari olinishi kerak. 266. Texnik etil spirti ishlab chiqarish tashkilotlarida uskunalar va texnik qurilmalarni ta’mirlashda bajariladigan alangali ishlar, elektr-gaz payvandlash, uchqunli metallarga ishlov berish: iste’molchilar elektr qurilmalaridan texnik foydalanishning amaldagi qoidalari, iste’molchilar elektr qurilmalaridan foydalanishdagi xavfsizlik texnikasining qoidalari va sanoat tashkilotlari uchun yong‘in xavfsizligining umumiy qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi; umumalmashuv havo kelish-tortishli shamollatish bilan jihozlangan xonalarda amalga oshirilishi, bunda keluvchi havo payvand qilinmagan joylarga berilishi lozim; sig‘imlar, sisternalar, baklar, sig‘imlarda ishlaganda alangali ishlar yuritish joylarida mahalliy havo tortish shamollatish bilan jihozlanish va ishlovchining bevosita nafas olish joyiga havo yetkazilishi lozim. Download 262.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling