Sanoatkontexnazorat
-§. Sig‘imlarga himoya qoplamlarini qoplash
Download 262.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2015 сон 12 10 2009 Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganligi uchun javobgarlik
2-§. Sig‘imlarga himoya qoplamlarini qoplash
278. Texnologik sig‘imlarni qoplamlar qoplashga tayyorlash ishlaridan avval mazkur qoidalarda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarning bajarilishi ta’minlanishi lozim. 279. Himoya qoplamlarini tayyorlash xonalarida, himoya qoplamlarini qoplash ishlari o‘tkaziladigan xona va sig‘imda qoplamlar tarkibiga kiruvchi erituvchilar, texnik etil spirti va boshqa uchuvchan moddalar bug‘lari uchun umumalmashinuv havo tortish ventilatsiyaning ishlashi, himoya qoplamlarini tayyorlash joylaridagi mahalliy havo tortish ventilatsiyasi ishlatilishi lozim. 280. Ishlarni bajarish joylarida o‘t o‘chirishning birlamchi vositalari: ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar, qumli yashiklar, namat yoki asbest ko‘rpalar va hokazolar bo‘lishi lozim. 281. Himoya qoplamlarini qoplash ishlari o‘tkaziladigan xonada odatiy turdagi umumiy yoritish chiroqlari va ularning o‘chirgichlari ishlar o‘tkazish paytida tokdan o‘chirilishi kerak. Sig‘imlarning ichi portlashdan xavfsiz turdagi kuchlanishi 12 V dan oshmagan chiroqlar bilan yoki akkumulyatorli chiroqlar bilan yoritilishi lozim. 282. Ko‘chma chiroqni ulash sig‘imdan tashqarida amalga oshirilishi lozim. 283. Ichi ko‘rsatilgan yorliqlari bo‘lmagan idishlardagi bo‘yoqlar va erituvchilar (bankalar, bidonlar, bochkalar va hokazo) bo‘lmasligi lozim. Ushbu bo‘yoqlarni ishlar o‘tkaziladigan xonada saqlash taqiqlanadi. 284. Ishlarni o‘tkazish joyining atrofi o‘ralib, o‘rash vositalarida ogohlantirish yozuvlari osilishi lozim. 285. Sig‘im sirtini kuyiklardan, zang, ifloslar va hokazolardan tozalash uchun quruq qum quyish usulini qo‘llash mumkin emas. VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganligi uchun javobgarlik Oldingi tahrirga qarang. 286. Mazkur Qoidalarni buzgan mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. (286-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) Oldingi tahrirga qarang. 287. Xodimlar mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilgan xavfsizlik qoidalari talablarini buzgan taqdirda qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. (287-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) Download 262.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling