Sanoatkontexnazorat
-§. Mehnat va dam olish yuzasidan talablar
Download 262.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2015 сон 12 10 2009 Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- III bob. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlarga qo‘yiladigan talablar 1-§. Brajka (bijg‘itilgan suslo) dan texnik etil spirti va texnik etil spirti xomashyosini olish
14-§. Mehnat va dam olish yuzasidan talablar
Oldingi tahrirga qarang. 96. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. (96-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) III bob. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlarga qo‘yiladigan talablar 1-§. Brajka (bijg‘itilgan suslo) dan texnik etil spirti va texnik etil spirti xomashyosini olish 97. Ishlab chiqarish jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim. 98. Ishlab chiqarish xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablar”ga muvofiq bo‘lishi lozim. 99. Elektr toki va statik elektrdan odamni himoya qilish xavfsizlik tadbirlari GOST 12.1.019- 79 “Elektrxavfsizlik. Umumiy talablar” va GOST 12.1.018-93 “Statik elektr. Uchqun xavfsizligi. Umumiy talablar”ga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 100. Ishlab chiqarish xonalarida shovqin va tebranish darajasi GOST 12.1.003-04 “Shovqin. 25.04.2023, 12:21 Стр. 10 из 24 Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranish. Umumiy xavfsizlik talablari”da belgilangan miqdordan oshmasligi lozim. 101. Apparat bo‘limi xonasiga kirish oldida GOST 12.4.026-76 “Signal ranglar va xavfsizlik belgilari”ga muvofiq “Begonalarga kirish taqiqlanadi. Portlash xavfi bor!” so‘zlari yozilgan plakatlari bo‘lishi lozim (xona V-1 klassli, muhit 2-B). 102. Elektrotexnika korpuslari, texnik etil spirti qabul qilish idishlari, texnik etil spirti harakatlanuvchi kommunikatsiyalar elektr o‘tkazgichlar orqali erga ulanishi lozim. Elektr o‘tkazgichlar qarshiligi 4 Om dan oshmasligi lozim. 103. Apparat bo‘limi xonasida gugurt yondirish yoki alanga beruvchi boshqa manbalardan foydalanish, yoqilg‘i materiallarini saqlash taqiqlanadi. 104. Xonada ishlatganda uchqun chiqarmaydigan asboblardan foydalanish lozim. 105. Statik elektr hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida texnologik uskuna va idishlar, quvur o‘tkazgichlar elektr o‘tkazgich simlar bilan erga ulanishi, erga ulash qurilmalari elektruskunalar bilan birga ulanishi lozim. Statik himoyani erga ulash qurilmalari qarshiligi 100 Om ga qadar ruxsat etiladi. 106. Metall yoki nometall elektr o‘tkazgichlar, quvur o‘tkazgichlar, havo o‘tkazgichlar, apparatlarning ustki qoplamalari uzluksiz elektr tarmog‘ini tashkil etib, sex doirasida kamida 2 joyidan erga ulash konturiga ulanishi lozim. 107. Barcha quvur o‘tkazgichlar, metall konstruksiyalar, metall narvonlar oralig‘i 10 sm dan ortiq bo‘lganda har 20—25 m oraliqda o‘zaro bog‘lanishi lozim. 108. Statik elektr to‘plovchi sintetik kiyimlarda, mixli oyoq kiyimlarda apparat bo‘limiga kirish va ishlar bajarish taqiqlanadi. 109. Texnik etil spirti haydash apparatlari joylashgan xonada: vodoprovod suvi to‘xtab qolganda ishlatishga 30 minutlik zaxira saqlaydigan yuqorida o‘rnatilgan idish; avariya holatidagi yoritgichlar; qozonxona bilan aloqa qilish uchun telefonlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 110. Haydash apparatlari qismlari va yordamchi uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun yo‘laklar bo‘lishi shart. 111. Haydash kubida har yili tekshiruvdan o‘tkaziladigan, bosimning yuqori qiymati belgilangan manometr o‘rnatilgan himoyalovchi qurilma bo‘lishi lozim. 112. Texnik etil spirti uzatish trubasida texnik etil spirti fonari oldida kondensatsiyalanmagan texnik etil spirti parlarini va korbonat angidrid gazini tashqariga chiqarish uchun havo yo‘li bo‘lishi lozim. 113. Isitgich, kub, kolonna va truboprovodlar issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar qoplanganda kuzatish oynalari, qopqoqlari, regardlar va boshqa armaturalar ochiq qoldirilishi kerak. 114. Uskunalarga xizmat ko‘rsatish maydonlari, ularga chiqish narvonlari metalldan yasalgan bo‘lishi lozim. 115. Haydash apparati kubini brajka yoki haydalishi lozim bo‘lgan suyuqlik bilan 2/3 qismigacha to‘ldirilishiga ruxsat beriladi. 116. Spirt, efir, sivush moyini oraliq va yig‘uvchi baklarining germetik yopish lyuklari bo‘lib, atmosfera bilan spirtni ushlagichlarga ega bo‘lgan havo yo‘llari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 117. Uskunalarning va idishlarning oynali qismlari mexanik shikastlanishdan saqlangan 25.04.2023, 12:21 Стр. 11 из 24 bo‘lishi lozim. 118. Haydash apparatini boshqarishni, ishni sozlashni, kuzatishning qulay bo‘lishi uchun spirt, suv fonarlari, filtrlar, o‘lchov priborlari apparatining ish joyi yaqin bo‘lishi kerak. 119. Haydash apparatini tozalash, sozlash ushbu Qoidalarning talablariga amal qilgan holda bajarilishi lozim. 120. Deflegmator, kondensator, muzlatkichlarni issiqlik almashinish yuzalarini tozalash, belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi lozim. 121. Ta’mirlangan yoki yangi apparatni, uni ishga tushirishdan avval, deflegmatorning yuqori nuqtasigacha suv to‘ldirish yo‘li bilan sinaladi. 122. Barcha issiqlik qurilmalari yilda bir marta konstruksiyalardagi o‘zgarishlarni va ishlash parametrlarini aniqlash maqsadida ishchi sinovdan o‘tkaziladi. 123. Apparat bo‘limi binosida minimal texnik etil spirti (1 sutkali ishlab chiqarish quvvati doirasidan oshmagan) bo‘lishi lozim. Ortiqcha texnik etil spirti texnik etil spirti omboriga berilishi kerak. 124. Apparat bo‘limida ustida saqlanadigan individual himoya vositalari (shlangasi tashqariga chiqariladigan protivogaz, 12 voltli portlashdan himoyali yoritgich yoki akkumulyatorli fonar, qutqarish arqonli himoya kamari, kerakli dorilar bilan ta’minlangan dori qutichasi) bo‘lishi lozim. Download 262.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling