Саноатни ахборотлаштириш факультети” “информатика ва ахборот технологиялари” кафедраси


Download 24.88 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi24.88 Kb.
#1498255
1   2   3   4
Bog'liq
dasturlash naz 3

Inkapsulyasiya – bu berilganlar va ularni qayta ishlovchi kodni birlashtirish
mexanizmidir. Inkapsulyasiya berilganlar va kodni tashqi ta’sirdan saqlash
imkonini beradi.
Yuqoridagi ikkita konsepsiyani amalga oshirish uchun C++ tilida sinflar
ishlatiladi. Sinf termini bilan Ob’yektlar turi aniqlanadi. Sinfning har bir vakili
(nusxasi) Ob’yekt deb nomlanadi. Har bir Ob’yekt o‘zining alohida holatiga ega
bo‘ladi. Ob’yekt holati uning berilganlar-a’zolarning ayni paytdagi qiymati bilan
aniqlanadi. Sinf vazifasi uning funksiya-a’zolarining sinf ob’yektlari ustida
bajaradigan amallar imkoniyati bilan aniqlanadi.
Berilgan sinf ob’yektini yaratish konstruktor deb nomlanuvchi maxsus
funksiya-a’zo tomonidan, o‘chirish esa destruktor deb nomlanuvchi maxsus
funksiya–a’zo orqali amalga oshiriladi.
Sinf ichki berilganlarini murojaatni cheklab qo‘yishi mumkin. Cheklov
berilganlarni ochiq (public), yopiq (private) va himoyalangan (protected) deb
aniqlash bilan tayinlanadi.
Sinf, shu turdagi ob’yektning tashqi dunyo bilan o‘zaro bog‘lanishi uchun
qat’iy muloqot shartlarini aniqlaydi. Yopiq berilganlarga yoki kodga faqat shu
ob’yekt ichida murojaat qilish mumkin. Boshqa tomondan, ochiq berilganlarga va
kodlarga, garchi ular ob’yekt ichida aniqlangan bo‘lsa ham, dasturning ixtiyoriy
joyidan murojaat qilish mumkin va ular ob’yektni tashqi olam bilan muloqotni
yaratishga xizmat qiladi. Yaratilgan ob’yektlarni, ularni funksiya–a’zolariga
oddiygina murojaat orqali amalga oshiriluvchi xabarlar (yoki so‘rovlar)
yordamida boshqarish mumkin. Keyinchalik Windows xabarlari bilan
adashtirmaslik uchun so‘rov termini ishlatiladi.
Vorislik – bu shunday jarayonki, unda bir ob’yekt boshqasining xossalarini
o‘zlashtirishi mumkin bo‘ladi. Vorislik orqali mavjud sinflar asosida hosilaviy
sinflarni qurish mumkin bo‘ladi. Hosilaviy sinf (sinf–avlod) o‘zining ona sinfidan
(sinf-ajdod) berilganlar va funksiyalarni vorislik bo‘yicha oladi, hamda ular satriga
faqat o‘ziga xos bo‘lgan qirralarni amalga oshirishga imkon beruvchi berilgan va
funksiyalarni qo‘shadi. Ajdod sinfdagi himoyalangan berilgan-a’zolarga va
funksiya-a’zolarga ajdod sinfda murojaat qilish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari,
hosilaviy sinfda ona sinf funksiyalari qayta aniqlanishi mumkin. Demak, vorislik
asosida bir-biri bilan “ona-bola” munosabatidagi sinflar shajarasini yaratish
mumkin. Tayanch sinf termini sinflar shajarasidagi ona sinf sinonimi sifatida
ishlatiladi. Agar ob’yekt o‘z atributlarini (berilganlar-a’zolar va funksiyalar–
a’zolar) faqat bitta ona sinfdan vorislik bilan olsa, yakka (yoki oddiy) vorislik
deyiladi. Agar ob’yekt o‘z atributlarini bir nechta ona sinflardan olsa, to‘plamli
vorislik deyiladi.

Download 24.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling