Саноатни ахборотлаштириш факультети” “информатика ва ахборот технологиялари” кафедраси


Download 24.88 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi24.88 Kb.
#1498255
  1   2   3   4
Bog'liq
dasturlash naz 3



ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ


ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
НАМАНГАН МУҲАНДИСЛИК – ҚУРИЛИШ ИНСТИТУТИ

САНОАТНИ АХБОРОТЛАШТИРИШ ФАКУЛЬТЕТИ


ИНФОРМАТИКА ВА АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ” КАФЕДРАСИ


ДАСТУРЛАШ ТИЛЛАРИ (С++) ” ФАНИДАН





Назорат топшириклари 3




Бажарди: 55С-Б-ИАТ-19 гуруҳ
талабаси
Ф. Рахмоналиев


Қабул қилди: М.Тухтасинов
Наманган - 2022 йил


Mavzu: Ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash
Reja:

1. Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash (OYD) asoslari.


2. OYD asosida obyekt sinflarini yaratish.


3. Inkapsulyatsiya, nasl qoldirish, polimorfizm tushunchalari.


4. OYD asosida amaliy masalarni yechish.

Ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash (OYD) – bu dasturlashga yangi bir
yondashuvdir. Hisoblash texnikasining rivojlanishi va yechilayotgan masalalarni
tobora murakkablashuvi dasturlashning turli modellarini (paradigmalarini) yuzaga
kelishiga sabab bo‘lmoqda. Birinchi kompilyatorlarda (masalan, FORTRAN tili)
dasturlashning funksiyalardan foydalanishga asoslangan prosedura modelini
qo‘llab quvvatlagan. Bu model yordamida dastur tuzuvchi bir nechta ming satrli
dasturlarni yozishi mumkin edi. Rivojlanishning keyingi bosqichida dasturlarning
strukturali modeli paydo bo‘ldi va ALGOL, Pascal va C tillari kompilyatorlarida
o‘z aksini topdi. Strukturali dasturlashning mohiyati – dasturni o‘zaro bog‘langan
proseduralar (bloklar) va ular qayta ishlaydigan berilganlarning majmuasi deb
qarashdan iborat. Ushbu model dastur bloklari keng qo‘llashga, GOTO
operatoridan imkon qadar kam foydalanishga tayangan va unda dastur tuzuvchi o‘n
ming satrdan ortiq dasturlarni yarata olgan. Yaratilgan dasturni prosedurali
modelga nisbatan sozlash va nazorat qilish oson kechgan.
Murakkab masalalarni yechish uchun dasturlashning yangi uslubiga zarurat
paydo bo‘ldiki, u OYD modelida amalga oshirildi. OYD modeli bir nechta tayanch
konsepsiyalarga asoslanadi.
Berilganlarni abstraksiyalash – berilganlarni yangi turini yaratish imkoniyati
bo‘lib, bu turlar bilan xuddi berilganlarning tayanch turlari bilan ishlagandek
ishlash mumkin. Odatda yangi turlarni berilganlarning abstrakt turi deyiladi, garchi
ularni soddaroq qilib “foydalanuvchi tomonidan aniqlangan tur” deb atash
mumkin.

Download 24.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling