Саноатни ахборотлаштириш факультети” “информатика ва ахборот технологиялари” кафедраси


Polimorfizm – bu kodning, bajarilish paytidan yuzaga keladigan holatga bog‘liq ravishda o‘zini turlicha amal qilish xususiyatidir. Polimorfizm


Download 24.88 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi24.88 Kb.
#1498255
1   2   3   4
Bog'liq
dasturlash naz 3

Polimorfizmbu kodning, bajarilish paytidan yuzaga keladigan holatga
bog‘liq ravishda o‘zini turlicha amal qilish xususiyatidir. Polimorfizm – bu faqat
ob’yektlar xususiyati bo‘lmasdan, balki funksiyalar-a’zolar xususiyatidir va ular
xususan, bitta nomdagi funksiya-a’zoni, har xil turdagi argumentlarga ega va
bajaridagan amali unga uzatiladigan argumentlar turiga bog‘liq bo‘lgan funksiyalar
uchun (o‘rnida) foydalanish imkoniyatida namoyon bo‘ladi. Bu holatga
funksiyalarni qayta yuklash deyiladi. Polimorfizm amallarga ham qo‘llanishi
mumkin, ya’ni amal mazmuni (natijasi) operand (berilgan) turiga bog‘liq bo‘ladi.
Polimorfizmning bunday turiga amallarni qayta yuklash deyiladi.
Polimorfizmning yana bir ta’rifi quyidagicha: polimorfizm – bu tayanch
sinfga ko‘rsatgichlarning (murojaatlarning), ularni virtual funksiyalarni
chaqirishdagi turli shakl (qiymatlarni) qabul qilish imkoniyatidir. C++ tilining
bunday imkoniyati kechiktirilgan bog‘lanish natijasidir. Kechiktirilgan
bog‘lanishda chaqiriladigan funksiya-a’zolar adreslari dastur bajarilishi jarayonida
dinamik ravishda aniqlanadi. An’anaviy dasturlash tillarida esa bu adreslar statik
bo‘lib, ular kompilyasiya paytida aniqlanadi (oldindan bog‘lanish). Kechiktirilgan
bog‘lanish faqat virtual funksiyalar uchun o‘rinli.
C++ tili ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash prinsiplarini qo‘llab quvvatlaydi.
Bu prinsiplar quyidagilardan iborat:
1. Inkapsulyasiya
2. Vorislik
3. Polimorfizm
Inkapsulyasiya. Agar muxandis ishlab chiqarishda diod, triod yoki rezistorni
ishlatsa, u bu elementlarni yangitdan ihtiro qilmaydi, balki do‘kondan sotib oladi
Demak, muxandis ularning qanday tuzilganligiga e’tiborini qaratmaydi, bu
elementlar yaxshi ishlasa yetarli. Aynan shu tashqi konstruksiyada ishlaydigan
yashirinlik yoki avtonomlik xossasi inkapsulyasiya deyiladi.
Vorislik. Yangi ob’yekt yaratilayotgan bo‘lsa, ikkita variantdan biri tanlanadi:
mutlaqo yangisini yaratish yoki mavjud modelning konstruksiyasini
takomillashtirishdir. Ko‘pincha 2-variant tanlanadi, demak, ba’zi xususiyatlari
o‘zgartiriladi xolos. Bu narsa vorislik prinsipiga asos soladi. Yangi sinf oldin
mavjud bo‘lgan sinfni kengaytirishdan hosil bo‘ladi. Bunda yangi sinf oldingi
sinfning merosxo‘ri deb ataladi.

Download 24.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling