Sanoq sistemalarning inersiallik chegarasini aniqlash tajriba na
Harakatdagi jism bilan ЬодЧапдап soat bo‘yicha hisoblan-
Download 85.4 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq2-mavzu. Xususiy vaqt
Harakatdagi jism bilan ЬодЧапдап soat bo‘yicha hisoblan-
gan vaqt “xususiy vaqt” deyiladi. Endi xususiy vaqt masalasini har ikkala sanoq sistema inersial b o ‘l- gan ho Ida ko'rib chiqamiz. К inersial sanoq sistemadagi soatga nis batan boshqa soat to ‘g ‘ ri chiziqli tekis harakat qilayotgan bo'lsin. Bu holda (1.17) ga asosan К sistemadagi kuzatuvchi uchun K ' sistemadagi soat orqada qoladi. Harakat nisbiy bo'lganligi sababli K ' sistemadagi kuzatuvchi uchun К dagi soat harakatda bo'ladi va u orqada qoladi. Yuzaki qarashda ichki qarama—qarshilik bordek ko'rinadi. Qarama - qarshilikning paydo bo'lishiga К va K ' sanoq sistemala- rining bir-biridan farqlash mumkin emasligidadir. Masalan, harakatda gi K ' sistemadagi soatning orqada cjolishini ko'rsatish uchun К sis- temada K ' ning harakat yo'nalishida bir-biridan biror masofada turgan ikkita soat olamiz. K ' dagi soat birinchi soatning yonidan o'tish vaqtida har ikkala soatning ko'rsatishi bir xil bo'lsin. K ' dagi soat ma’lum vaqtdan keyin К dagi ikkinchi soatning yonidan o'tadi. Bu paytda soat- larning ko'rsatishi turlicha bo'lib, K ' dagi orqada qolganini ko'ramiz. Endi holatni o'zgartiramiz, ya’ni К ga bitta, K ' ga esa ikkita soat joylashtiramiz va yuqoridagi faraziy tajribani qaytaramiz. Bu holda К dagi soat orqada qolganini aniqlaymiz. Shunday qilib, soatlarning yurishini solishtirish uchun birinchi sanoq sistemada bir nechta, boshqasida esa bitta soat kerak bo'lar ekan. Shuning uchun bu jarayon ikkala sanoq sistema uchun simmetrik emas. Xulosa: doimo turli soatlar bilan taqqoslanayotgan soat orqada qoladi. Inersial sanoq sistemadagi ikkita soatdan biri tinch tursin, ikkin- chisi berk trayektoriya bo'yicha harakat qilib boshlang'ich holatga qay- tib kelganda tinch turgan soatga nisbatan harakatdagi soat orqada qolgan bo'ladi. Berk trayektoriya bo'ylab harakat qilayotgan soat bilan bog'langan sanoq sistema inersial bo'laolmaydi. Shu sababli teskari fikr to ‘g‘ ri bo'lmaydi. Chunki tabiat qonunlari faqat inersial sanoq sistemalarida bir xil bo'ladi. Bunga “ vaqt” yoki “ egizaklar” paradoksi deyiladi. 22 Download 85.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling