Saodat saroyining kaliti


Download 6.72 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi6.72 Kb.
#1828652
Bog'liq
Nargiza


Aloxiddinova Nargizaning Tohir Malikning “Saodat saroyining kaliti” asari asosida tayyorlagan mustaqil ta`limi
Abdulla Avloniy hazratlari yozgan ekanlar: ≪Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak -tanini pok tutmak, yosh vaqtidan maslakini tuzatmak,yaxshi xulqlarni o`rgatmak, yomon xulqlardan saqlab o`sdurmakdir. Tarbiya qiluvchilar tabib kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgani kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahl maraziga
≪yaxshi xulq≫ degan davoni ichidan, ≪poklik≫ degan davoni ustidan berub, katta bilmak lozimdur.
Ustoz Abdurauf Fitrat bu fikrlarni salkam yuz
yil muqaddam bayon etganlar. Butun bola tarbiyasi de-
ganda ota va ona uni yaxshi kiyintirishni tushunadi,
katta pul sarflab o`qishga kiritishni anglaydi... Agar
avtomashinasi buzilib qolsa, ustaxonada bir kun yoki
bir hafta utirishi mumkin, ammo farzandi bilan
bir soat yonma-yon utirib, dars tayyorlashga toqati yet-
maydigan otalar va onalar ham borligi afsusli holdir.
Hayot - imtihon ekanligi kup aytiladi. Imtihon bor joyda burch, javobgarlik, mas’uliyat buladi. Inson ana shu mas’uliyat bilan dunyoga keladi. Barchamiz zimmasiga omonat yuklatilgan, imtihonda turgan insonlarmiz. Bu dunyo nash’ali, ammo asl joyimiz emas. Biz farzandlarimiz taqdiri uchun hujayralarning eng olis nuqtasigacha, vujudning har bir zarrasiga qadar javobgar bulgan kishilarmiz. Uzimiz jannatga kirsagu azob farishtalari farzandlarimizni jahannam o`ti ga otsalar, yuragimiz bardosh berarmikin? Agar biron kishi farzandimizning kuliga chut bosa-
man, desa xotirjam qarab turamizmi? Uylab ham utirmasdan himoyaga tashlanamiz!
Rivoyat. Misr xukmdori bilan Rum hukmdori o`zaro kelishib, do`stlik avdini tuzdilar va oradagi adovatga bardam berdilar. Hatto Misr xukmdori Rum hukmdorining qizini nikohlab, qizini esa Rum shahzodasiga uzatdi. Ularning do`stlik va qarindoshlik aloqalari uzoq davom etdi. Bir kuni Rum xukmdori qudasiga bu mazmundagi maktubni yo`lladi:
- Ko`zlarimizning nurlari bo`lmish aziz farzandlarimizning bizlardan keyin ham farog`atda yashamoqliklari uchun hozirdan chora-tadbir qurishimiz kerak. Men ug`lim uchun juda ko`p oltin jamladim. Chiroyli saroy barpo ettirdim. Siz ham shunday qilgandirsiz?
Misr hukmdori maktubni o`qib tabassum qildi va bu javobni yo`lladi:
- Azizim, men sizdan kura, sal boshqacharoq yul tutdim. Vafosiz mol-dunyo va matohlariga iltifot et-
maganim tufayli o`glimga oltinu javharlar emas, ilm, hunar, odob, axloqni meros etib qoldirishni
istadim. Uni ilmli, xunarli, xushaxloqi qilib tarbiyaladim. Uni yaxshi adab libosi bilan bezadim. Mol-
dunyo ga qachondir zavol yetadi, ammo men qoldirayotgan merosga hech zamon zavol yetmaydi. Bu meros farzandimni har qanday balo-ofatlardan omon saqlagay...
Xadis. Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilarki:«har bir mumin banda o`z birodarining ko`zgusidir.U birodarida bir aybni ko`rsa, o`zida ko`rgan shunday aybni tuzatishga harakat qilishi kerak». Ya’nikim, biz do`stimizda hasad yoki chaqimchilik
illatini ko`rib turibmiz. Uni tarbiya qilishimizdan avval biz o`zimizdagi o`sha illatni tuzatishga kirishishimiz kerak.
Hikmat. Lukmoni Hakim o`z o`g`illariga debdilar: ≪qarindosh urug`lardan aloqangni uzma, o`ylab ish tut. Odamlarni g`iybat qilma, odamlar yomon ishga bosh qo`shsa, sen ularga qo`shilma. Shoshilib ish tutma, boylik deb o`zingni g`am-qayg`uga tashlama. O`z qadrini bilmagan odamdan yaxshilik umid qilma. O`tirishlardan o`z joyingni bil, odamlarning so`zlariga quloq sol, odamlar so`rasa, gapir, uzingdan ulug`lar oldiga tushib yurma, odamlar ichida boshingni quyi solib utirma, shu chapga qarayverma, mehmonlar oldida birovga dema, mezbonga esa ish buyurma. Mayet va devona odamlar bilan hamsuhbat bulma. Bekorchi odamlar bilan kuch qila utirma. O`z foydangni o`ylab obruyingni to`kma. O`ziga bino quyuvchi takabburlardan bo`lma. Xusumatdan uzoq bo`l, senga ish buyursalar bajar, va’da qilsang, albatta, uddasidan chiq. Hech kimni ranjitma...≫
Insonni inson bulishiga bois tarbiyadir va uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga va mashvda. Hazrat Navoiy debdilarki: « odamni tarbiya qilmaslik - zulmkorlikdir. Noqobil odamga esa tarbiya xayfdir. Tarbiyangni ayab, unisini nobud etma, bupisiga tarbiyangni zoye qlma.
Qobilga tarbiyat erur ul navkim, guxar,
Tushsa najosat ichra yugay kimsa oni pok.
Gar it uzumiga kishi may birla bersa suv,
Bu tarbiyat bila qila olgaymu oni tok».
Ma’nosi: qobiliyatli kishiga berilgan tarbiya gavhar kabi qmmatlidur. Gavhar najosatga tushsa ham yuvilsa- tozalanadi, qimmatini yo`qotmaydi. Ituzum may bilan sugorilsa ham ituzumligicha qoladi, hech zamon tokka aylanmaydi.
Nasihatning yana muhim shartlaridan biri - nasihatguy nasihat qilish uchun ma’naviy huquqqa ega
bo`lishi kerak. Ya’ni u biron fazilatni egallash
haqida nasihat qilyaptimi, demak, bu fazilat uning
o`zida bo`lishi kerak. «Birovning haqiga xiyonat
qilma», deb aytadi. O`zi bozorda tarozidan urib
tursa, uning gapi beta’sirdir! O`zi o`qishda qoloq
yigitchaning a’lochi qizga ilm egallashning fazilati
haqda va’z o`qishi ham kulgilidir.
E`tiboringiz uchun rahmat!
Download 6.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling