Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
-rasm - Qarama-qarshi takliflar sabablari (utmagazine.ru
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
10.3.3-rasm - Qarama-qarshi takliflar sabablari (utmagazine.ru
analitik portal ma’lumotlariga asosan) O‘z navbatida, qarshi taklifni bermaslikning asosiy sabablari qatorida biz quyidagilarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin: 0% 10% 20% 30% 40% 50% 60% Xodim noyob bilim, ko'nikma, malakaga ega Xodim kompaniya uchun muhim bo'lgan loyihalarni boshqaradi Yangi xodimni izlash kompaniya uchun iqtisodiy jihatdan foydasizdir Ish beruvchilar tajribasi Nomzodlar fikri 155 - nomzod tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan qasddan manipulyatsiya va bosim ostida qaror qabul qilishni istamaslik bilan bog'liq qo‘rquv; - tovon paketi sezilarli darajada yaxshilanishi uchun byudjetning etishmasligi, bundan tashqari, nomzodning bozordagi real narxi sezilarli darajada oshib ketishi mumkin - individual xodim uchun mehnat sharoitlari yaxshilashining jamoadagi atmosferaga salbiy ta'siri; yoki qarshi taklifni qabul qilganidan ko‘p o‘tmay xodimning ishdan bo‘shashi; - xodimni ushlab turishdan ma’no yo‘qligi (masalan, agar boshqa kompaniya tomonidam berilayotgan yangi taklif nomzodga haqiqatan ham hozirgi ish beruvchi taqdim eta olmaydigan noyob imkoniyatlarni taqdim etsa); Nomzod qarshi taklifni nima uchun qabul qilishi yoki rad qilishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz: Qarama-qarshi taklifni qabul qilish shartlari: - bitta kompaniyada qisqa yoki juda uzoq ishlash (masalan, bir yilgacha va besh yildan ortiq); - noaniq xarakter va shu bilan birga hozirgi ish joyida hamma narsa ijobiy tomonga o‘zgarishiga umid qilishi; - nomzod uning kompaniya uchun ahamiyati va qiymatidan mamnun; - nomzod avval ham qarshi takliflarni qabul qilgan va salbiy oqibatlarning oldini olishga muvaffaq bo‘lgan; - qarshi taklifni berayotgan ish beruvchining va hamkasblarining harakatlari: xodimning kompaniyaga uchun hurmatga loyiqligi va ahamiyatini namoyish etishi; hamkasblar tomonidan bosim. Shunday qilib, sotsiologik tadqiqotlar ma'lumotlariga ko‘ra, avvalgi ish joyida qolishga rozi bo‘lgan ishchilar orasida 35-45 yoshdagi mutaxassislar ustunlik qiladi, yosh kadrlar esa ko‘pincha yangi ish beruvchiga ketishadi. Har ikkinchi ishchining so‘zlariga ko‘ra (50%) rahbariyat uni kompaniyadan ketishiga to‘sqinlik qilmagan. Bundan tashqari, erkaklar (53% ayollar orasida 48%), so‘rovda qatnashganlarning 45 yoshdan oshganlari (55%), shuningdek oylik daromadi 25000 rubldan (57%) kam bo‘lgan kishilar aksariyat hollarda qarshi taklifsiz qolishgan. Ko‘plab ishchilar tez-tez qarshi takliflarni rad qilishadi. Hozirgi vaqtda mehnat bozorida rad etishlar sonining ko‘payish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bu avvalo, bu mehnat bozorining rivojlanishi bilan bir qatorda nomzodlarning tajribaga ega bo‘lishi bilan bog'liq. 156 Shunga qaramay, rad etishning eng keng tarqalgan sabablari orasida, avvalambor, xodim va / yoki nomzodning hozirgi ish joyiga bo‘lgan qiziqishi yo‘qolganligini ta'kidlash kerak (10.3.4-rasm). Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling