1) "O‘zingiz haqingizda gapirib bering" (o‘zini tanishtirish).
Rekruter nomzodga to‘g’ri keladigan ikki yoki uch daqiqalik javobni, shu
jumladan uning karerasining asosiy, eng muhim bosqichlari to‘g'risidagi
ma'lumotlarni tayyorlashni maslahat berishlari kerak. "O‘zingiz haqingizda
gapirib bering" degan savol aksariyat hollarda tanishtiruvchi hisoblanadi va
umuman nomzod erkin suhbatga duch kelishini anglatmaydi. Qoidaga
ko‘ra, chiziqli rahbar nomzodning uning malakasi va ularning taklif
etilayotgan ishga muvofiqligi haqidagi hikoyasini eshitishni kutadi.
2) Oldingi ishdan ketish yoki ishdan bo‘shatilish sabablari
haqidagi savollar. Qanday bo‘lmasin, nomzod faqat haqiqatni aytishi
kerak, ammo tushuntirishlarni oldindan o‘ylab ko‘rish kerak.
3) Oldingi ishdagi yutuqlar, maqsadlar va rejalar haqida savollar.
Nomzod aniq misollar keltirishi va aniq natijalar haqida gapirishi,
shuningdek umumjamoadan erishgan yutuqlarini ta’kidlab o‘tishi kerak.
4) Nomzodning savollari. Savollarning yo‘qligi, odatda nomzodning
befarqligi, lavozimga va kompaniyaga befarqligi yoki u tomonidan
ma'lumotni yuzaki idrok etish sifatida talqin qilinadi. Nomzod, u berayotgan
savollar unga to‘g'ridan-to‘g'ri chiziqli rahbardan javob olishning noyob
imkoniyatini berishini va o‘z navbatida nomzodning motivatsiyasi yanada
aniqroq bo‘lishini bilishi kerak.
9.2. Yakuniy suhbat o‘tkazish tartibi. Ish haqi, mehnat sharoitlari,
ijtimoiy qulayliklarni muhokamasi
Nomzodni
ikkinchi
(yakuniy)
suhbatga
tayyorlash.
Tayyorgarlikning ushbu bosqichida xuddi avvalgi kabi bir xil texnika
qo‘llaniladi, ammo quyidagilarga ko‘proq e'tibor berish kerak:
1) badal (kompensatsiya) paketi. Buni yana batafsilroq muhokama
qilish kerak. Rekruter nomzod uchun muhim bo‘lgan barcha narsalarni bilib
olganligi sababli, u kompensatsiya masalalarini chiziqli rahbar bilan
muhokama qila oladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |