Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Ish taklifidan keyin rad etish
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
Ish taklifidan keyin rad etish. Bu juda kamdan-kam hollarda bo‘ladi
va har safar bu fors-major holatlarini anglatadi. Qoida tariqasida, bu muzokaralarning oldingi bosqichlaridagi kamchiliklar va nomuvofiqliklarning dalilidir - bosh idoradan tasdiqni o‘z vaqtida olmaslik, odatda tashqi nomzodlardan afzal bo‘lgan kompaniyaning ichki nomzodlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmasligi, byudjet yoki hisobot tizimidagi nomuvofiqliklar. Eng fojealisi axborotning sizib chiqishi yoki unga beparvolik bilan munosabatda bo‘lish bilan bog’liq holatlar. Masalan, xavfsizlik xizmati tomonidan noto‘g'ri o‘tkazilgan tekshiruv natijadasida nomzodning joriy ish joyidagilar uning yangi imkoniyatlarni ko‘rib chiqayotganligi to‘g'risida xabardor bo‘ladi, shu bilan birga u ishdan bo‘shash to‘g’risida ariza yozmagan va potentsial ish beruvchiga ijobiy javob bermagan. Bo‘lajak yangi ish joyida esa ular nomzod hozir ishlayotgan kompaniya bilan munosabatlarni yomonlashtirishni xohlamaydilar va o‘z takliflaridan voz kechadilar. Albatta, bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va rekruter nomzod bilan ishlashning maxfiyligini ta'minlagan holda barcha bosqichlarda ma'lumotlardan foydalanishni nazorat qilishi shart. Shunday qilib, nomzodlar malakali teskari aloqani ham, uning mavjud emasligi yoki noto‘g’riligini ham yoddidan chiqarishmaydi. Yana ularning ko‘pchilogi o‘z taassurotlarini do‘stlar, tanishlar, hamkasblar bilan, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rishni xohlashadi. Shunday qilib, nomzodlarning fikri kompaniya brendining ish beruvchi sifatidagi muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Xulosalar 1. Chiziqli rahbarlarga nomzodni taqdim etish jarayoni to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi: nomzodni va chiziqli rahbarni birinchi suhbatga tayyorlash, ikkinchi (yakuniy) suhbatga nomzodni tayyorlash, suhbardan keyin ham nomzod, ham chiziqli rahbarning fikrlari (teskari aloqa). 2. Nomzod bo‘yicha tavsiyanomalarni tekshirish tanlov jarayonida muhim bosqich hisoblanadi. Bu rekruterga nomzodning yutuqlari, malakasi va shaxsiy fazilatlari to‘g'risidagi xulosalarning to‘g'ri ekanligiga ishonch hosil qilishga yordam beradi. Ish taklifini shakllantirishdan oldin tavsiyanomalarni tekshirish tavsiya etiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling