Saqlagichar


Download 12.77 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi12.77 Kb.
#1530029
Bog'liq
Saqlagichlar


Saqlagichlar Saqlagichar
Avtomobil elektr tarmoqlarini me'yoridan ortiq yuklamalar va qisqa tutashuvlardan asrash uchun ularga saqlagichlar qo'yiladi. Dvigatelni ishga tushirish va o't oldirish tizimlaridan boshqa barcha zanjirlar saqlagichlar bilan himoyalanadi. Avtomobillarda asosan eruvchan va termobimetall saqlagichlar ishlatiladi.
Saqlagichlarni tanlashda ularning ta'sirlanish tezilgi, nominal va kritik toklarning nisbati hisobga olinadi. Saqlagichlarning asosiy tavsifnomasi - saqlagichning ta'sirlanish vaqtini yuklama tokiga bog'liqligidir. Agar saqlagichning ta'sirlanish vaqti, o'tkazgichning haroratini chegaraviy temperaturagacha ko'tarilish (qisqa tutashuv toki ta'sirida) vaqtidan kam bo'lsa, bunday saqlagich ushbu zanjirni ishonchli himoya qilinishini ta'minlaydi.
Eruvchan saqlagichlar yengil eruvchi metal yoki kesimi kichik bo'lgan qalaylangan mis simi qistirmaga ega. Nominal tok qiymati 50% oshganda eruvchan qistirma I minut davomida erib ketadi. Ishlatish quliay bo'lishi uchun eruvchan saqlagichlar uchta va undan ortiq saqlagichlarga ega bo'lgan bloklarga birlashtiriladi.
Termobimetall saqlagichlar. Avtomobillarda uzluksiz va bir marta ishlaydigan termobimelall saqlagichlar ishlatiladi. Bu turdagi saqlagichlar yuklama nominal qiymatidan 150% ga ortganda zanjirni uzadi. Saqlagich ta'sirlashish vaqti 20 s dan oshmaydi. Uzluksiz ishlaydigan bimetall saqlagichlar ko'proq yoritish va oynatozalagich zanjirlariga o’rnatiladi
Download 12.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling