Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Yog’-suv tipidagi emulsion asoslar


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Yog’-suv tipidagi emulsion asoslar
Emulgator sifatida ionlashmaydigan va ionlashadigan SAMlar ishlatiladi. Ishqoriy metallar 
sovuni-emulgator. Yog’ kislotalar natriyli, kaliyli va ammoniyli tuzlar gidrogenlangan yog’larni va 
o’simlik yog’larini yaxshi emulgirlaydi. Ko’proq suyuq surtma dorilarni tayyorlash uchun qulay. 
Moyli faza yuzasida adsorbsion qavat hosil qilish bilan emulsion asosning turg’unligini oshiradi.
Alkilsulfat emulgatori. Yuqori molekulali spirtlarning sulfat kislotasi bilan hosil qilgan 
efirdir. Umumiy formula /SN
3
/SN
2
/p va O-O
z
X bilan ifodalanadi. Bu birikmalar uchun — O O
z

guruhi bor. Alkil zanjiri 9-18 ta uglerod atomidan tuzilgan bo’lishi mumkin. Ko’proq yog’-suv 
tipidagi emulsiyalarni stabillash uchun alkilsulfatlarning natriyli tuzi ishlatiladi.
CH
3
/CH
2
/
10
SN
2
— O — ONa natriylaurinsulfat
CH
3
/CH
2
/
14
SN
2
— O — ONa natriysetilsulfat
CH
3
/CH
2
/
16
SN
2
— O — ONa natriystearilsulfat.
Natriy laurilsulfat gidrofil, ya’ni suvda eruvchan surtma dorilar asosining emulgatori bo’lib, 
1965 yilda AQSH farmakopeyasida qabul qilingan. Alkil sulfatlar bilan bir qatorda yog’-suv 
tipidagi emulsion surtma dorilarda emulgator sifatida bir qator alkilsulfatlar ham ishlatiladi
masalan: natriyatsetilsulfanat SN
3
/SN
2
/
14
SN
2
— O — ONa. Farmatsevtik praktikada yog’-suv 
tipidagi emulsiyalarni stabillash uchun noionogen emulgatorlar ham keng qo’llaniladi, bo’larning 
gidrofil xususiyati oksietillanishi bilan birga birdan oshib boradi. Bu emulgatorlar molekulasiga 
10-20 ta va undan ko’proq oksietil guruhlarining kirishi SFMlarni to’liq yoki juda oson suvda 
erishiga olib keladi. Bu emulgatorlar span hosilalari ichida katta ahamiyatga ega. Odatda bitta span 
molekulasiga 20 ta molekula etilen oksidi birikishi mumkin.
Tvin emulgatori
Tvinlar spanni etilenoksidi bilan qayta ishlashda, natriy gidroksidi katalizatorligida olinadi. 
Eterifikatsiya jarayoni erkin guruhi bor joyda boradi.
Qanday span eterifikatsiya reaksiyasiga kirishganligiga, etilen oksidi bilan polimerlanishi 
darajasiga qarab quyidagi tvinlar farmatsiyada ishlatiladi (4-jadval)
Tvinlar suvda yaxshi eriydi, organiq erituvchilarda sterilizatsiya paytida parchalanmaydi.
Tvinlar birinchi marta 1958 yilda Rossiya ilmiy tekshirish institutida organik yarim 
o’tkazuvchilardan va bo’yoqlardan sintezlangan.
4- jadval

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling