Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Emulgatorlar, yuqori molekulali halqali spirtlar va ularning hosilalari


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Emulgatorlar, yuqori molekulali halqali spirtlar va ularning hosilalari
Asosiy tabiiy mahsulot, halqali spirtlar saqlaydigan mahsulot bu lanolindir. Lanolin yog’ va 
uglevodorodlarga qo’shilganda ular eritmalarida emulgator vazifasini bajaradi. Ma’lum miqdorda 
suv va spirtli suyuqliklarni absorbsiyalaydi. Lanolinning kamchiligi shundaki, uning hidi allergik 
holatlar keltirib chiqarishi mumkin.
Gidrolon — suvi tortib olingan lanolin bo’lib,u yumshoq sharoitda olinadi (harorat 200
0
S, 
bosim 150 atm). Natijada rangsizlanadigan va hidli mahsulot olinadi, bu mahsulot lanolinga 
qaraganda emulsiyalash xususiyati birmuncha yuqoridir.
Yung osti mumi spirtlari. Lanolinni oddiy gidrolizlash bilan, ya’ni ishqorning 
konsentrlangan ajratmasi bilan gidrolizlab olinadi. Bu yo’l bilan olingan aralashma tarkibida 
yetarli miqdorda xolesterin spirtini saqlab qolish mumkin. Preparat tarkibi (o’rtacha ko’rsatkichlar 
bo’yicha): 30% xolesterin, 25% triterpenlar, 15% atsiklik diollar va 25-30% aniq bo’lmagan 
moddalarni tashkil qiladi. Chet ellarda yung osti mumi spirtidan tarkibida yuqori miqdorda suv 
7
Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya lekarstvennыx preparatov.-«GEOTAR-
Media».- Moskva.-2014. (511 bet)


saqlaydigan emulsion surtma dorilar asoslarini olishda keng ishlatiladi. Masalan, murakkab suvli 
surtma dori. Britaniya farmakopeyasidan topish mumkin. Dastlab eritma tayyorlab olinadi, 3 g 
yung osti mumi spirti va 12 g parafin, 5 g vazelin va 30 g vazelin moyi olinadi: bunda korpus hosil 
bo’ladi, keyin 50 ml suv bilan aralashtiriladi.
XNIXFI ning ko’rsatmasi bo’yicha (1968) yung osti mum spirti bilan surtma dorilar asoslari 
shu tarkibda va xuddi shu tartibda tayyorlanadi, faqat parafin serezin bilan aralashtiriladi. Bu 
surtma dori asosi ko’pgina dorivor moddalar xossalariga mos keladi (reaksiyaga kirishmaydi). Bu 
spirtni saqlash jarayonida uni oksidlanishdan saqlash maqsadida qaytaruvchilar (antioksidant) 
qo’shiladi.
Holesterin. Holesterin yung osti mumi spirtning tarkibini asosiy qismini tashkil etadi. 
Holesterin yuqori darajada emulsiyalash va teri orqali o’tkazuvchanlikni oshirish xususiyatiga ega. 
Chuchqa yog’i teri osti yog’iga 10% miqdorida qo’shilsa, gidrofillanish (suv shimish, ho’llanish) 
xususiyatini 218% gacha, sariq vazelinga qo’shilsa, 235 % gacha gidrofillash qobiliyatini oshirish 
mumkin.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling