Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Polietilenglikol asoslari
Fitosterin asoslari
Fitosterin suvda erimaydigan oq yoki sarg’ish kristallik kukun bo’lib, ular b-sitosterin, lignotserin spirti, lignotserin kislotasi, noorganik moddalar, suv va to’yinmagan sterinlardan iborat. Buni ninabargli daraxtning yog’ochlangan qismidan 1938 yil F.G.Solodskiy tomonidan ishlab chiqarilgan usul bo’yicha olinadi. Fitosterinning asosiy xossalaridan biri uning suv shimish xususiyatidir. U o’ziga nisbatan 12 marta ko’p hajmdagi suvni oson shimib mustahkam ushlab turadi. Agar kolbaga 92 ml suv quyib, uning yuzasiga aralashtirmasdan 8 g fitosterin sepilsa va uni 80 0 C gacha suv hammomida qizdirilsa, 1 minut ichida bir jinsli qaymoqsimon massani hosil qilish uchun bir necha marta chayqatishning o’zi kifoya. Hosil bo’lgan massa bir necha hafta davomida turg’un bo’ladi. Fitosterin asoslari saqlanish davomida qurib qoladi. Lekin qoldiqni suv bilan aralashtirilganda yana o’z holiga qaytadi. Bu qaytar jarayon quruq kukunsimon surtma konsentratlar tayyorlashga imkon yaratadi. Fitosteron asoslari hatto o’ta sezgir terida ham yaxshi qabul qilinadi. Ularning tarkibiga har xil dorivor moddalarni kiritish mumkin. Polietilenglikol asoslari Polietilenglikol (PEG) asoslari qattiq hamda suyuq PEGlarning qotishmalaridan tayyorlanadi. PEG yoki polietilenoksidlar (PEO) sintetik moddalar bo’lib, etilenglikol yoki etilenoksidni suv va kaliy ishqori ishtirokida polimerlanishidan olinadi. Suvda eruvchi asoslar qatorida taxminan 40-yillarda PEG yuqori o’rinni egalladi. Bu quyidagi xususiyatlari bilan tushuntiriladi: 1. Molekulyar massasi hatto 1000000 gacha bo’lgan polimer gomologlari ham suvda yaxshi eriydi. 2. Gidrofil va gidrofob dori moddalarini eritishi. 3. Parafin va glitseridlar bilan aralashib turg’un ikki xil tipdagi psevdoemulsiyalar hosil qilishi. 4. Spirtda erishi va suvli eritmalarda dissotsiatsiyaga uchramasligi, elektrolitlar ta’sirida o’zgarmasligi. 5. Teriga yaxshi surkalishi va bir tekisda yoyilishi. 6. Molekulasi tarkibida birlamchi gidroksil guruhlar bo’lishi tufayli kuchsiz bakteriotsid ta’siriga ega ekanligi. 7. Osmotik aktivligi, bu hollarda PEG surtmalar yuvuvchi va tozalovchi vosita sifatida ta’sir qiladi. PEG deyarli barcha davlatlar farmakopeyasidan, shuningdek X DF dan o’rin olgan. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling