bir qancha dori moddalar bilan osongina aralashadi va ularni organizmning
suvli tuqimalariga
oson so’rilishiga imkon beradi. Fizik-kimyoviy tabiatiga ko’ra
bu guruh moddalari YUMB lar
eritmalari, kolloid (yarim kolloid)
gellari va suvda erimaydigan, ammo bo’kadigan
moddalar
dispersiyalaridir.
Sovunli asoslar
Sovun ixtiol, qoramoy kabi dorivor moddalar uchun asos sifatida ishlatilishi mumkin. Asos
— sovunni suv yoki suv-glitserin aralashmasida eritib (suv hammomida), yoki stearin kislotasiga
potash yoki kalsiyli soda eritmasini ta’sir ettirib olinishi mumkin. Sovutilgandan so’ng oson
eruvchi, har xil qovushqoqlikka ega bo’lgan gidrogel yoki glitserogel hosil bo’ladi. Kaliyli sovun
yumshoq gel beradi. Sovunli asos teriga oson suriladi. Ularning yuqori gidrotrop xususiyati tufayli
ular yog’li asos bilan yaxshi aralashadi va emulsion asos hosil qiladi.
Sovunli asoslar ishqoriy
sharoitga ega. Shuning uchun ularni indifferent deb bo’lmaydi.
Jelatin-glitserinli asoslar
Jelatin-glitserinli asoslar har xil konsentratsiyadagi jelatin (1-3%) va glitserin (10-30%) dan
tayyorlanadi. Bo’laklarga qirqib olingan jelatinni chinni idishda ko’rsatilgan miqdordagi suv bilan
3-4 soatga bo’kish uchun quyib quyiladi. Unga glitserin qo’shib aralashtiriladi va suv hammomida
bir tusli suyuqlik hosil bo’lguncha qizdiriladi. Bir oz vaqt qoldirilsa
yumshoq konsistensiyali
massa hosil bo’ladi. Olingan asos teriga yaxshi surtiladi va suv bilan oson yuviladi.
Jelatinli
asoslar mikroorganizmlar ta’sirida tez ayniydi va uzoq saqlaganda sinerezisga uchrashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: