Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Gidrofil surtma asoslari
Bu guruhga kiruvchi surtma asoslari surtilganda yog’ izini qoldirmaydi. Ular terida har xil 
tezlikda quriydi. Bu kerakli vaqt oraligida terida ta’sir etuvchi moddani saqlab turadi. Suvning 
ajralib chiqishiga bog’liq bo’lganligi uchun bu moddalar sovituvchi ta’sir etadi. Gidrofil asoslar 


bir qancha dori moddalar bilan osongina aralashadi va ularni organizmning suvli tuqimalariga 
oson so’rilishiga imkon beradi. Fizik-kimyoviy tabiatiga ko’ra bu guruh moddalari YUMB lar 
eritmalari, kolloid (yarim kolloid) gellari va suvda erimaydigan, ammo bo’kadigan moddalar 
dispersiyalaridir.
Sovunli asoslar
Sovun ixtiol, qoramoy kabi dorivor moddalar uchun asos sifatida ishlatilishi mumkin. Asos 
— sovunni suv yoki suv-glitserin aralashmasida eritib (suv hammomida), yoki stearin kislotasiga 
potash yoki kalsiyli soda eritmasini ta’sir ettirib olinishi mumkin. Sovutilgandan so’ng oson 
eruvchi, har xil qovushqoqlikka ega bo’lgan gidrogel yoki glitserogel hosil bo’ladi. Kaliyli sovun 
yumshoq gel beradi. Sovunli asos teriga oson suriladi. Ularning yuqori gidrotrop xususiyati tufayli 
ular yog’li asos bilan yaxshi aralashadi va emulsion asos hosil qiladi. Sovunli asoslar ishqoriy 
sharoitga ega. Shuning uchun ularni indifferent deb bo’lmaydi.
Jelatin-glitserinli asoslar
Jelatin-glitserinli asoslar har xil konsentratsiyadagi jelatin (1-3%) va glitserin (10-30%) dan 
tayyorlanadi. Bo’laklarga qirqib olingan jelatinni chinni idishda ko’rsatilgan miqdordagi suv bilan 
3-4 soatga bo’kish uchun quyib quyiladi. Unga glitserin qo’shib aralashtiriladi va suv hammomida 
bir tusli suyuqlik hosil bo’lguncha qizdiriladi. Bir oz vaqt qoldirilsa yumshoq konsistensiyali 
massa hosil bo’ladi. Olingan asos teriga yaxshi surtiladi va suv bilan oson yuviladi. Jelatinli 
asoslar mikroorganizmlar ta’sirida tez ayniydi va uzoq saqlaganda sinerezisga uchrashi mumkin.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling