Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Baholash natijalarini qayd qilish


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet436/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Baholash natijalarini qayd qilish
Talabalar bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi tomonidan 
talabalarning fanlarni o‘zlashtirishini hisobga olish jurnalida (bundan buyon matnda Jurnal 
deb yuritiladi) qayd etib boriladi. Professor-o‘qituvchi qo‘shimcha ravishda talabalar bilimini 
baholashni elektron tizimda ham yuritishi mumkin. 
Professor-o‘qituvchi jurnalda talabaga qo‘yilgan baholarni shu kunning o‘zida qayd 
etib boradi. Agar talabaning bilimini baholash yozma ish shaklida o‘tkazilgan bo‘lsa, bunda 
professor-o‘qituvchi talabalarning natijalarini 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda jurnalga 
qayd etishi lozim. 
Nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» 
(a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Talaba nazorat turi o‘tkazilgan vaqtda uzrli sabablarsiz qatnashmagan hollarda 
jurnalga «0» belgisi yozib qo‘yiladi.
Talabalarning yakuniy nazorat turi bo‘yicha baholari jurnalga qayd etilganda, shu 
kunning o‘zida talabaning baholash daftariga ham yozib qo‘yilishi kerak.
Talabaning tugallangan fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichi joriy, oraliq va yakuniy 
nazoratlarning o’rtacha arifmetik qiymatidan kelib chiqadi va butun sonlarda ifodalanadi. 
Bunda talaba har bir nazorat turidan kamida 3 “qoniqarli” baho olishi lozim.
Talabalarning nazorat turlarida olgan baholarni jurnalda rasmiylashtirish quyidagicha 
amalga oshiriladi:
Joriy nazorat o‘rtacha arifmetik qiymatini hisoblash:
joriy nazoratning barcha baholari yig‘indisiga mustaqil ta’lim bahosi qo‘shiladi va darslar 
soni+mustaqil ta’lim yig‘indisiga bo‘linadi va qiymatlar zarur hollarda yaxlitlanadi:
JN (baholar yig‘indisi) TMI(baho) : (20*+ 1** =21) 4.7 yaxlitlanadi - 5
JN (baholar yig‘indisi) + TMI(baho): (20*+ 1** = 21) = 4.4 yaxlitlanadi - 4
* - dars soni; ** - mustaqil ta’lim.
Oraliq nazoratni o‘rtacha arifmetik qiymatini hisoblash:
Fandan ikkita oraliq nazorat o‘tkazilsa, unda ularning yig‘indisi ikkiga bo‘linadi va 
qiymatlar zarur hollarda yaxlitlanadi:
(1-ON) + 5 (2-ON) = 9:2 = 4.5 yaxlitlanadi - 5
(1-ON) + 3 (2-ON) = 7:2 = 3.5 yaxlitlanadi - 4.
Talabaning tugallangan fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash uchun joriy, oraliq 
va yakuniy nazoratlarning o‘rtacha arifmetik qiymatlari yig‘indisini 3 ga bo‘linadi va 
qiymatlar zarur hollarda yaxlitlanadi:
5 (JN) + 5 (ON) + 4 (YAN) = 14:3 = 4.66 yaxlitlanadi - 5
5 (JN) + 4 (ON) + 4 (YAN) = 13:3 = 4.33 yaxlitlanadi - 4
5 (JN) + 3 (ON) + 3 (YAN) = 11:3 = 3.66 yaxlitlanadi - 4
4 (JN) + 3 (ON) + 3 (YAN) = 10:3 = 3.33 yaxlitlanadi - 3
O‘quv rejasiga asosan fan 1 va 2 chi semestrlarda o‘qitiladi (tugallanmagan fan) 
shuning uchun, tugallanmagan semestr bo‘yicha talabaning o‘zlashtirish natijasi Baholash 
daftari (zachyotka)ga "o‘zlashtirdi” deb qayd etiladi.
Talabaning tugallangan fan bo‘yicha nazorat natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymati 
(JN+ON+YAN):3) “baholash qaydnomasi”da (8-shakl) YAN ustuniga qayd etiladi va 
talabalarga stipendiya tayinlashda asos bo‘ladi.
YAkuniy nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan 
yoki jurnalga “0” belgisi yozib qo‘yilgan hollarda ushbu baho yoki belgi talabaning Baholash 
daftariga yozilmaydi.
Kafedra mudiri, f.f.d.
Karieva Yo.S.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling