Fan bo‘yicha talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash O‘zbekistan
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 26 sentyabrda ro’yxatdan o‘tkazilgan
(ro’yxat raqami -3069) hamda Sog‘likni saqlash vazirligi fan va tibbiy ta’lim Bosh
boshqarmasining 2018 yil 5 dekabrdagi ”Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat
qilish va baholash tizimi to’g‘risidagi nizom” asosida
ToshFarmi tomonidan ishlab
chiqilgan va 23.01.2019 yilda “Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash” bo‘yicha
yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Nazorat turlari va baholash mezonlari
Talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali
amalga oshiriladi.
Joriy nazorat semestr davomida ishchi o‘quv dasturda keltirilgan mavzular bo‘yicha
talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari
davomida o‘tkaziladi. JN semestr davomida 18 marta o‘tkaziladi.
Oraliq nazorat har bir semestr davomida 1 marta o‘quv mashg‘ulotlari
davomida
o‘tkaziladi. ON yozma va test shakllarida o‘tkaziladi. ONning topshiriqlari
kafedra mudiri
tomonidan va o’quv-uslubiy bo‘lim yoki fakultet dekanati tomonidan tasdiqlanadi.
Yakuniy nazorat yozma ish shaklida o‘tkaziladi. YAN turi o‘quv-uslubiy bo‘lim yoki
fakultet dekanati tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o‘quv va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha
prorektor tasdiqlaydigan Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: