Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Emulgator-pentol. Turt atomli pentaeritrit spirt va olein kislotasining 19% mono-, 55% di-
va tetraefirlaridan tuzilgan. Bu birikma Rossiya ilmiy tekshirish institutida sun’iy va tabiiy 
holatlarda olingan. Bularni V.M.Gretskiy o’rganib farmatsiya amaliyotida ishlatishga tatbiq etdi. 
Vazelin 5% pentol bilan turg’un yuqori dispers emulsion sistema hosil qiladi, bu 50-60 % suv 
bilan suv-yog tipidagi emulsion sistema , yuqori aktivlikka ega bo’lib, salbiy xossalari yo’q. Bu 
asos saqlashga ancha turg’un, sovuq va qizdirganda ham o’z xususiyatini o’zgartirmasdan saqlab 
qoladi.
Yog’-shakar emulgatori. Yog’-shakar emulgatori saxarozaning yuqori yog’ kislotalari bilan 
hosil qilgan murakkab efiridir. Saxaroza va yog’ kislotalari (stearin, palmitin, laurin) bu 


emulgatorni olishda xom ashyo hisoblanadi, yoki bular o’rniga o’simlik yog’lari va kokos, 
palmitat kislotalari aralashmalari ishlatilishi mumkin. Saxaroza molekulasida 8 OH guruhi bor 
bo’lib, ularni eterifikatsiya yo’li bilan har xil sirt aktivlik xususiyatini namoyon qiluvchi ko’plab 
birikmalarni sintez qilish mumkin. O’zining xususiyatiyatiga ko’ra sirt aktiv moddalardir va 
emulgator sifatida qo’llash mumkin. Palmitin va stearin kislotalarining diefirlari (2%) miqdorda 
vazelin moyi (47%) bilan suv (45%), metilsellyuloza (1%) va serezin (5%) ular bilan 
aralashtirilganda suv-yog tipidagi turg’un konsistensiyali emulsiya hosil bo’ladi. Metilsellyuloza 
va serezin bu yerda ivituvchi vazifasini o’taydi. Bu asos va dorivor moddalarning rezorbsiyasi 
(salitsil kislotasi, sulfatsil-natriy) vazelinga qaraganda yaxshi natija beradi. Bu emulgator toza 
holda, rangsiz kristallik modda bo’lib, hidsiz va ta’msiz. 100
0
S haroratgacha chidamli 120 
0
S dan 
boshlab eriy boshlaydi. Organizmda yog’ kislotalariga, glyukozaga va fruktozaga parchalanadi. 
Terida allergik holatlarni chaqirmaydi, pH ko’rsatkichni normal saqlab turadi, suv balansini ham 
normada ushlab turadi.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling