Surtmalar tеxnologiyasida qo’llaniladigan asbob uskunalar
Shisha va chinni plastinkalar, ularga asoslar o’tkaziladi va shpatеl bilan aralashtiriladi.
Havonchalar, havoncha dastalari ishlatiladi. Agar ko’p miqdorda surtmalar
tayyorlansa mеxanik
aralashtirgichlardan foydalanish tavsiya etiladi.
8-rasm
Unguator ModelB-R Электрон хавонча ва дастаси.
9-rasm.
аралаштиргич мосламалар
11
10-rasm
Контейлар
Gidrofob asoslarda tayyorlanadigan surtmalar. Qotishma va eritma tipidagi surtmalar
Qotishma tipidagi surtmalar. Bu turga kiruvchi surtmalarni tayyorlashda avval qiyin
suyuqlanuvchi, keyin tez suyuqlanuvchi moddalarni qo’shib eritiladi. Eritish
suv hammomida
chinni idishlarda olib boriladi. Suyuq komponentlar oxirida qo’shiladi. Surtmani gomogenizatsiya
qilish qizdirilgan havonchada toki surtma sovigunga qadar aralashtirish yo’li bilan olib boriladi.
Surtma gomogenizatsiya qilingandan keyin yumshoq va oson surtiladigan holatga keladi. Agar
suyuq surtma sovuguncha tinch holatda qoldirilsa, qattiq mikrokristallik va ultramikroskopik
karkas hosil bo’lishiga olib keladi. Bundan tashkari aralashtirilgan vaqtda surtma havoni o’z ichiga
olish orqali ko’pik strukturasini hosil qiladi.
11
Allen L., Ansel H. Pharmaceutical Dosage Forms and Drug Dilevery Systems he 10th ed.
Philadelphia-Baltimore-NY, 2014.(760 р)
Bu dorixat murakkab diaxil surtmasi bo’lib, uning tarkibiga qo’rg’oshinli malham kiradi. Bu
xona
haroratida qattiq massa, 70
0
S haroratda suyuladi. Malham suv hammomida chinni idishda
suyultirilib, so’ngra unga kungaboqar moyi qo’shiladi. Bu vaqtda
havoncha quritgich shkafida
qizdiriladi. Suyultirilgan aralashmani issiq havonchaga o’tkazib, to sovuguncha aralashtiriladi va
oxirida yalpiz moyi qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: