Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqsil gellari.
Loytuproqli mineral asoslar
Farmatsevtik amaliyotida bentonit loylari ham ahamiyat kasb etadi. Ular bir birlik glinozemning ikki birlik kremnezem bilan boglanishidan tashqil topgan. Loytuprokli minerallar o’zlarining yuqori suv yutish xususiyati bilan ahamiyat kasb etadi. Masalan, bentonitlarning natriyli shakli suv bilan ho’llanganda bo’kadi va hajmini 15-18 marta oshiradi. Hosil bo’lgan yumshoq massa terida yaxshi taqsimlanadi va o’ziga ko’plab dorivor moddalarni qabul kila oladi. Loytuprokli minerallar kimyoviy indifferentligi bilan afzaldir. Bu esa ularning tarkibiga aktiv moddalar: kaliy permanganat, xloramin va boshqalar kiritish imkonini beradi. Farmatsevtik maqsadlar uchun bentonit va boshqa loytuproqli materiallar yot qo’shimchalardan va qumlardan tula tozalangan bo’lishi kerak. Bu ivitish, so’ngra quritish orqali amalga oshiriladi. Temir tuzlari va boshqa yot moddalar saqlashiga qarab ularning rangi oq-kulrangdan tana rangigacha bo’ladi. Bentonit asosining eng oddiy tarkibi: 13-20% mineralning natriyli shaklidan, 10% glitserin va 70- 77% suvdan tashqil topgandir. Oqsil gellari. Oqsil deb amorf kremniy (II)- oksidiga aytiladi. Germaniyada bu aerosil, karuza, AQSHda kebosil deb ataladi. Oqsil (aerosil) — oq amorf kukun bo’lib, o’lchami 4 dan 40 mkm gacha sferik formaga ega. U sochiluvchanligini yuqotmay 15 dan 60% gacha suyuqlikni ushlab tura oladi. 10-12% li konsentratsiyada suvda qovushqoqligi kam bo’lgan oquvchan suspenziya hosil qiladi, konsentratsiya 17% gacha ko’payganda, yarim qattiq holga keladi, 20% da esa yaxshilab ezilsa gomogen surtma hosil qiladi. Aerosil organiq erituvchilar, efir moylari bilan gel hosil kilish xususiyatiga ega. M.P.Alyushin va M.M.Astraxanova esilon-aerosil asosini taklif kilishdi. Bu asos — «esilon-5» ni, 16% aerosil qo’shib quyuqlashtirish natijasida olingan. Bu asos yuqori qovushqoqlikka ega bo’lgan rangsiz, shaffof gel hisoblanadi. Bu asos Zaharli emas, mahalliy qitiqlovchi ta’siri yuk. Tarkibiga qo’shilgan dorivor moddalar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Oldiniga aerosil yuqori aktiv kukun sifatida dorivor moddalarni o’ziga yutadi, suv ishtirokida esa tula desorbsiyalanadi va terapevtik ta’sir ko’rsatadi. Esilon-aerosilli asos uzoq vaqt saqlanganda bir-biridan ajralib qolmaydi. Yuqori va past harorat ham ta’sir kilmaydi. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling