Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Fitosterin asoslari
Fitosterin suvda erimaydigan oq yoki sarg’ish kristallik kukun bo’lib, ular b-sitosterin, 
lignotserin spirti, lignotserin kislotasi, noorganik moddalar, suv va to’yinmagan sterinlardan 
iborat. Buni ninabargli daraxtning yog’ochlangan qismidan 1938 yil F.G.Solodskiy tomonidan 
ishlab chiqarilgan usul bo’yicha olinadi. Fitosterinning asosiy xossalaridan biri uning suv shimish 
xususiyatidir. U o’ziga nisbatan 12 marta ko’p hajmdagi suvni oson shimib mustahkam ushlab 
turadi. Agar kolbaga 92 ml suv quyib, uning yuzasiga aralashtirmasdan 8 g fitosterin sepilsa va uni 
80
0
C gacha suv hammomida qizdirilsa, 1 minut ichida bir jinsli qaymoqsimon massani hosil qilish 
uchun bir necha marta chayqatishning o’zi kifoya. Hosil bo’lgan massa bir necha hafta davomida 
turg’un bo’ladi. Fitosterin asoslari saqlanish davomida qurib qoladi. Lekin qoldiqni suv bilan 
aralashtirilganda yana o’z holiga qaytadi. Bu qaytar jarayon quruq kukunsimon surtma 
konsentratlar tayyorlashga imkon yaratadi. Fitosteron asoslari hatto o’ta sezgir terida ham yaxshi 
qabul qilinadi. Ularning tarkibiga har xil dorivor moddalarni kiritish mumkin.
Polietilenglikol asoslari
Polietilenglikol (PEG) asoslari qattiq hamda suyuq PEGlarning qotishmalaridan 
tayyorlanadi. PEG yoki polietilenoksidlar (PEO) sintetik moddalar bo’lib, etilenglikol yoki 
etilenoksidni suv va kaliy ishqori ishtirokida polimerlanishidan olinadi. 
Suvda eruvchi asoslar qatorida taxminan 40-yillarda PEG yuqori o’rinni egalladi. Bu 
quyidagi xususiyatlari bilan tushuntiriladi:


1. Molekulyar massasi hatto 1000000 gacha bo’lgan polimer gomologlari ham suvda yaxshi 
eriydi.
2. Gidrofil va gidrofob dori moddalarini eritishi.
3. Parafin va glitseridlar bilan aralashib turg’un ikki xil tipdagi psevdoemulsiyalar hosil 
qilishi.
4. Spirtda erishi va suvli eritmalarda dissotsiatsiyaga uchramasligi, elektrolitlar ta’sirida 
o’zgarmasligi.
5. Teriga yaxshi surkalishi va bir tekisda yoyilishi.
6. Molekulasi tarkibida birlamchi gidroksil guruhlar bo’lishi tufayli kuchsiz bakteriotsid 
ta’siriga ega ekanligi.
7. Osmotik aktivligi, bu hollarda PEG surtmalar yuvuvchi va tozalovchi vosita sifatida ta’sir 
qiladi.
PEG deyarli barcha davlatlar farmakopeyasidan, shuningdek X DF dan o’rin olgan.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling