Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Sellyulozaning yarim sintetik hosilalari
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
Sellyulozaning yarim sintetik hosilalari
Metilsellyuloza (MS) va natriy-karboksimetilsellyuloza (Na-KMS) surtma asoslar tarkibida ishlatila boshlandi. MS — oddiy efir. Metilsellyuloza molekulasiga metilguruhlar kiritish soniga qarab polimerlanish soni 150 dan 700 gacha bo’lgan efirlar olish mumkin. Bularning molekula og’irliklari 30000 dan 140 000 gacha to’g’ri keladi. Metilsellyuloza eritmalarining asosiy xossalari uning qovushqoqligi bo’lib, u metoksil guruhlar soniga bog’liq. Farmatsiyada ishlatiladigan metilsellyuloza 26-33% metoksil guruhlar saqlaydi. Metilsellyuloza oq yoki sariq rangli tolasimon massa holida chiqariladi. Xom ashyoning hidi ham, mazasi ham bo’lmaydi. uzoq vaqt saqlanishi mumkin. Metilsellyuloza eritmasini tayyorlashning eng qulay yo’li: ulchab olingan modda 80- 90 0 S gacha isitilgan suv bilan qattiq aralashtirilib turgan holda ishlanadi. Shundan keyin sovuq suv qo’shiladi va bir jinsli yopishqoq suyuqlik hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Metilsellyuloza eritmalari mikroorganizmlar ta’siriga chidamli hamda organizm uchun zararsiz, fiziologik jihatdan inert. Ular yuqori darajada bog’lovchilik, dispergirlovchi, ho’llovchi va adgeziv xususiyatiga ega. Metilsellyuloza sezilarli darajada sirt tarangligini pasaytiradi. Shuning uchun u yuqori emulgirlovchi xususiyatga egadir. Farmatsiyada shunga bog’liq holda faqatgina surtma tayyorlashda emas, balki boshqa hollarda ham ishlatiladi. MS eritmalari quriganda shaffof, rangsiz, mustahkam parda hosil qiladi. Hosil bo’lgan parda organik erituvchilar, yog’lar va moylar ta’siriga chidamli bo’ladi. Na-KMS — bu sellyuloza va glikol kislotasi oddiy efirining natriyli tuzi hisoblanadi. Polimerlanish darajasi 300 dan 3000 gacha, molekulyar og’irligi 75000 dan 750000 gacha. Oq yoki kulrang bir jinsli tolasimon modda bo’lib, sovuq hamda issiq suvda yaxshi eriydi. MS li va Na-KMS li asoslar odatda glitserin bilan birga quyidagi nisbatlarda olinadi: 1) MS 6 g, glitserin 20 g, suv 74 g; 2) Na-KMS 6 g, glitserin 10 g, suv 84 g va boshqalar. Bularga konservantlar qo’shiladi. Asoslar shilliq qavatlarning mahsuloti bilan yaxshi aralashadi. Bu esa dorivor moddani zararlangan qismga yaxshiroq ta’sir qilishini ta’minlaydi. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling