Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
Mumlar (Cera) — bu yog’ kislotalarining va yuqori spirtlarning murakkab efirlaridir.
Lanolin, spermatset va asalari mumi surtma asoslari tarkibida ishlatilishi mumkin. Lanolin (Lanolinum). Spirtlar, erkin yog’ kislotalari va efirlarning murakkab tabiiy aralashmalaridir. Lanolin sovunlanishi natijasida taxminan teng miqdorda kislota va spirtlar hosil bo’ladi. Sovunlanmaydigan qismi 50% ga yaqin miqdorni tashqil qiladi. Lanolin tarkibida saqlanadigan moddalarning umumiy soni 70 dan oshadi. Tozalangan lanolin — o’ziga xos hidli, erish harorati 36-42 S suvda erimaydi va shu sababli surtmaga o’xshash konsistensiyasini yuqotmay 150 % gacha suvni yutib u bilan aralashadi. Ayni shu xossasiga asoslanib surtmalar tayyorlashda suvsiz lanolin (Lanolinum anhydricum) ishlatib surtma tarkibiga suvli suyuqliklar kiritilishi mumkin. Haqiqiy suvsiz lanolin tarkibida suvning miqdori 1% dan oshmasligi kerak, kislota soni 1 dan yuqori bo’lmasligi kerak. Lanolin spirtda qiyin eriydi. Lekin 40 qismgacha 70% spirtni qabul qilishi mumkin. Xloroform va efirda oson eriydi. Lanolin tarkibi bo’yicha odam terisini ho’llab turuvchi yog’ga o’xshash moddalarga yaqin bo’lganligi uchun teriga yaqin surtiladi. Teri va shilliq pardani qitiqlamaydi. Kimyoviy ta’sirlarga juda chidamli. O’ta yopishqoqligi uchun u har doim boshqa asoslar bilan birga ishlatiladi. Agar shifokor tomonidan lanolin yozilgan bo’lsa suvli lanolin ishlatiladi. U 7 qism suvsiz lanolinga 3 qism suv qo’shib tayyorlanadi. Suvni oz-ozdan qo’shiladi. Suvli lanolinda suvning miqdori 30% ni tashqil etadi. Suv hammomida suvli lanolinni eritilsa emulsiya parchalanadi. Spermatset (Cetaceum) ushlab ko’rganda yog’li, qattiq, oq, plastinkasimon tuzilgan, hidsiz massa. Suyuqlanish harorati 45-54 0 S. Tarkibi bo’yicha setil spirti (S 16 N 33 ON) va palmitin kislotaning murakkab efiridir. Surtma asosiga qo’shilgan spermatset unga yuqori zichlik, sirpanuvchanlik va suvli suyuqliklarni o’ziga singdirib dag’al emulsiya hosil qiladi. Shuning uchun koldkremlar tarkibiga ko’p yoziladi. Qog’ozga surtilganda yog’li dog qoldirmaydi, kislota soni 2 dan oshmaydi. Spermatset suvda ham, sovuq spirtda ham erimaydi. 95% li qaynoq spirtda, efirda va xloroformda eriydi. Mum (Cera). Asalari mumi — to’k sariq (Cera flava). 65 0 S haroratda suyuqlanadi. Oq mum sariq mumni quyosh yorugligida oqartirib olinadi. Sariq mumning kislota soni 17-20,5 dan oshmaydi. Oq mumniki 18,7-22,4 dan oshmaydi. Suv va spirtda erimaydi. Qaynoq spirtda, efir, xloroform, efir moylarida qisman eriydi. Surtmaga qattiqlik berish, suvli suyuqliklarning shimilishini yaxshilash va yopishqoqlik berish uchun ishlatiladi. Kimyoviy ta’sirga chidamli. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling