Spermani sifatini makroskopik baholash. Reja


Download 44.9 Kb.
bet1/9
Sana04.02.2023
Hajmi44.9 Kb.
#1162540
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-laboratoriya


3- laboratoriya mashg‘ulot. SPERMANI SIFATINI MAKROSKOPIK BAHOLASH.
Reja:

  1. Spermaning (miqdori) hajmini aniqlash.

  2. Spermani rangi, hidi va konsistensiyasini aniqlash.

  3. Spermaning fizika-kimyoviy va biologik xossalari.

  4. Spermatozoidlarga tashqi omillarning ta’siri.

Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarni eyakulyatning miqdorini aniqlash, spermani rangi, hidi va konsistensiyasini aniqlash usullari bilan tanishtirish.
Kerakli asbob-uskuna va jihozlar: stendlar, aslahalar, jihozlar, mulyajlar, adabiyotlar, buqa, qo‘chqor, erkak cho‘chqa va ayg‘ir uchun mo‘ljallangan turli xil sun’iy qinlar, urug‘ yig‘gichlar va ularning isitgichlari, urug‘ yig‘gich o‘rnatiladigan taglik, eritmalar, filtrlovchi qog‘oz, tamponlar va salfetkalar, mikroskop, buyum va yopqich oynachalar, melanjer va boshqa dars uchun kerakli aslaha va idishlar.
Mashg‘ulotning borishi: Sperma sifatini baholash usullari. Yuqori sifatli spermani ishlatish otalanish darajasini oshirishning muhim sharti bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun spermaning sifati har bir urug‘lantirishdan oldin albatta tekshirilishi lozim. Spermaning sifati makroskopik (vizual) va mikroskopik usullarda baholanadi.
Spermaning sifatini makroskopik baholashda uning hajmi, rangi, hidi va konsistensiyasi aniqlanadi.
Spermaning hajmi erkak hayvonlardan olingan zahotiyoq aniqlanadi. Qo‘chqor, buqa va parrandalar uchun ishlatiladigan sperma qabul qilgichlar shkalalarga ajratilgan bo‘ladi, shuning uchun spermaning hajmi ularning o‘zida boshqa idishga solishda aniqlanadi. Agar sperma qabul qilgich darajalangan bo‘lmasa spermaning hajmi 2 yoki 10 ml hajmli pipetkalar yordamida o‘lchanadi. Erkak cho‘chqa spermasining hajmi filtrlangandan keyin menzurkalarda, ayg‘irlarda sperma hajmi 2-3 qavat dokadan o‘tkazilib, menzurkada aniqlanadi (3-jadval).
Eyyakulyat bu erkak hayvoning bir marta sakragan paytdagi chiqargan spermasi miqdori bo‘lib, hayvon turi, oziqlantirilishi, saqlanishi, tabiiy urug‘lantirish tipi va qo‘shimcha jinsiy bezlar ishlab chiqaradigan suyuqlik miqdoriga bog‘liq. Bir turdagi nasldor erkak hayvonlardan olingan urug‘ miqdori bir xil bo‘lmasligi mumkin, bu ularning oziqlanishi, saqlanishi va ulardan urug‘ olish rejimiga bog‘liq.
Spermaning hajmi ko‘rsatilgan o‘rtacha hajmdan kam bo‘lsa urug‘lantirish uchun yaroqsiz hisoblanadi va uning sabablari aniqlanadi.

Download 44.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling