Spermani sifatini makroskopik baholash. Reja
Spermatozoidlarning tuzilishi
Download 44.9 Kb.
|
3-laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Spermatozoidlarning kimyoviy tarkibi.
Spermatozoidlarning tuzilishi. Sut emizuvchilar spermatozoidlari juda murakkab tuzilgan bo‘lib, uning bosh, bo‘yin, tana va uzun dum qismlari bor.
Spermatozoidlar mikroskopik kattalikda bo‘ladi va uni qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Uy hayvonlari spermatozoidlarning umumiy uzunligi 55 dan 70 µ (myu) gacha bo‘ladi. Buqa spermatozoidlari bosh qismining uzunligi 8 µ ga, bo‘yin - 1, tanasi - 10, dumi - 50, dumining oxirgi qismi - 3 µ ga teng bo‘ladi. Uy hayvonlari spermatozoidlarning bosh qismi qoshiqsimon bo‘lib, 1-2 µ qalinlikka ega. Uning o‘rta va orqa qismida xujayra yadrosi joylashgan bo‘ladi. Bosh qismining old tomonida qobig‘i bo‘ladi. Ko‘pincha bir eyakulyatning o‘zida spermatozoidlarning katta-kichikligi turlicha bo‘lishi aniqlangan. Spermatozoidlarning kattaligi urg‘ochi hayvon tuxum hujayrasi diametridan qariyib 2 marta kichik bo‘ladi (ularning diametri o‘rtacha 120-130 µ ga teng bo‘ladi). 1 sm3 hajmda 20 mlrd. spermatozoidlar bo‘lishi mumkin. Spermatozoidlarning kimyoviy tarkibi. Hayvonlarning spermatozoidlari o‘rtacha 75% suv va 25% quruq moddadan iborat. Quruq moddada oqsillar 85% ni, lipidlar (yog‘ va yog‘simon moddalar) 13,2% va mineral moddalar 1,8% ni tashkil etadi. Spermatozoidning oqsili tarkibida juda ko‘p aminokislotalar mavjud. Spermatozoidlar urug‘ zardobiga qaraganda aminokislotalarga boy hisoblanadi. Masalan, spermatozoid tarkibida arginin aminokislotasi 20-23% bo‘lsa, urug‘ zardobida 7,9 ni tashkil qiladi (quruq modda hisobida). Spermatozoidlarning turli qismlarida kimyoviy moddalar miqdori bir xilda bo‘lmaydi. Masalan, uning bosh qismi murakkab oqsil nukleoproteidlardan tuzilgan. Uning tarkibiga - RNK (ribonuklein kislotasi), DNK (dezoksiribonuklein kislotasi) kiradi. Bular tarkibida ko‘p miqdorda azot va fosfor bo‘ladi. Bundan tashqari spermatozoidlarning bosh qismida qisman oddiy oqsil (giston), letsitin va tuzlar bo‘ladi. Spermatozoidning bo‘yin va tana qismida nuklein kislotalari kam miqdorda, dum qismida asosan oddiy oqsil va lipidlar bo‘ladi. Spermatozoidning hamma qismida oltingugurt bo‘ladi, uning miqdori 1,5% gacha boradi. Oltingugurt turli aminokislotalar tarkibiga kiradi, ayniqsa, sistin va mitionin tarkibida ko‘p bo‘ladi. Normal spermatozoidlarning hosil bo‘lishi uchun nasldor hayvonlar rasioniga oqsilga boy, tarkibida azot va fosfor saqlaydigan oziqalarni kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘simlik oziqalari tarkibida barcha kerakli aminokislotalar bo‘lmaydi, shuning uchun ularga hayvonot mahsulotlaridan (baliq uni, go‘sht uni, go‘sht-suyak uni, qon uni, tovuq tuxumi, tvorog va boshqa) olinadigan oziqalar qo‘shilishi yaxshi natija beradi. Download 44.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling