Emulsion asosni biz alohida guruhga ajratamiz,
chunki unga ham gidrofoblik, ham
gidrofillik belgilari xos. Uning boshqa alohida xususiyatlari bundan mustasno.
Gidrofob, lipofil surtma asoslari
Gidrofob surtma
asoslari guruhiga lipofil, uglevodorodli va silikonli asoslar kiradi.
Lipofil asoslarga lipidlar guruhidan biri bo’lgan yog’lar va mumlar kiradi. Ular xossalariga
ko’ra terining yog’ ajratmalariga yakin turadi. Bu asoslar ushlab ko’rilganda yog’li dog’ qoldiradi.
Yog’lar-yog kislotalarining triglitseridi hisoblanadi. Ko’pincha yumshoq yog’lardan — chuchqa
yog’i va ayrim vodorod bilan to’yintirilgan yog’lar, qattiq yog’lardan — mol yog’i, suyuq
yog’lardan — ayrim o’simlik moylari ishlatiladi. Hamma yog’lar
suvda erimaydi, spirtda kam
eriydi, efir va xloroformda oson eriydi.
Chuchqa yog’i — Adeps suillus depuratus. Oq, yangi, achimagan bo’lishi kerak. 34-36
0
S
da suyuqlanadi. Kislota soni 2 dan ortiq bo’lmasligi kerak. Tarkibida 62-68% triolein
(S
17
N
35
SOON) saqlaydi. Surtma uchun eng yaxshi asoslardan biri hisoblanadi. Chuchqa yog’i
terini juda yaxshi qoplaydi, dori moddalarni yaxshi qabul qiladi, teri orqali yaxshi so’riladi, suv va
sovun bilan yuvganda oson yuviladi.
Mol yog’i. (Sebum Bovinum). Yangi, oq, achimagan bo’lishi kerak, suyuqlanish harorati 42-
50
0
S, tarkibida 53% tripalmitin va tristearin, 45% triolein saqlaydi.
Suyuqlanish haroratining
yuqoriligi va terini ko’plash xususiyatiga ko’ra surtma asosi sifatida cho’chqa yog’idan keyin
turadi. Kerak bo’lganda surtmaga qattiqlik berish uchun cho’chqa yog’iga qo’shib ishlatiladi. Qo’y
yog’i xossasi bo’yicha mol yog’iga o’xshaydi, suyuqlanish harorati 44-51
0
S.
Do'stlaringiz bilan baham: