Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Surtmalar tayyorlashda ishlatiladigan dori moddalari


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Surtmalar tayyorlashda ishlatiladigan dori moddalari
Hozirgi kunda barcha farmakologik guruhlarga kiruvchi dori preparatlari surtma dori holida 
ishlatilmoqda. Asosan antiseptik dori vositalari, sulfanilamid preparatlari, gormonlar va ularning 
analoglari, antibiotiklar, vitaminlar, zamburug’ kasalliklarini davolovchi dori vositalari keng 
qo’llanilmoqda. Ular organik va noorganik moddalar bo’lishi bilan birga, ularning fizik-kimyoviy 
xossalarini va agregat holatlarini belgilovchi har xil kimyoviy tabiatga ega (metall oksidlari va 
ularning tuzlari, kislotalar, asoslar, efirlar) qo’llaniladigan ko’p preparatlar qattiq dori moddalardir
lekin har xil yopishqoqlikka ega bo’lgan suyuqliklar ham bor (Burov suyuqligi, efir moylari, 
qoramoy, vinilin va boshqalar).
Surtma asoslari
Surtma asoslarini tanlash kasallikning joyi va xarakteri, shuningdek tavsiya etilgan dori 
moddalarning fizik-kimyoviy xossalariga bog’liq. Surtma asoslarga quyidagi talablar qo’yiladi:
1. Surtiladigan, ya’ni kerakli struktura-mexaniл xossaga ega bo’lishi kerak.
2. Dori moddalarni yorug’lik, havo ta’sirida o’zgartirmaslikni ta’minlashi kerak, ya’ni 
kimyoviy turg’un bo’lishi lozim.
3. Dori moddalarni o’ziga yaxshi qabul qilishi kerak. Dori moddalar ta’sirini oshirish 
xossasiga ega bo’lgani ma’qul.
4. Surtma asoslari dori ta’sirini o’zgartiruvchi xossaga ega bo’lmasligi kerak. Ular teri va 
shilliq qavatning asl sharoitini saqlab turishi kerak.
5. Mikroorganizmlar ko’paymaydigan bo’lishi kerak.
6. Asoslar o’zining davolash tavsiyasiga to’g’ri kelishi kerak. Masalan, himoya surtmasi 
teriga surtilgan vaqtda teri ustida zich yopishib yuzasi tez qurib, ta’siri ish vaqtining oxirigacha 
saqlanib turishi kerak. Sirtga qo’llaniladigan surtmalar teri orqali surilmasligi kerak. Rezorbtiv 
ta’sirga ega bo’lgan surtma asoslari esa, aksincha, teriga chuqur so’rilib qon va limfaga dori 
moddalarining surilishiga yordam berishi kerak.
7. Kiyimlarni iflos qilmasligi, o’ta yopishqoq bo’lmasligi, sovun va suv bilan oson yuvilishi 
kerak. Shifokor har xil surtma asoslari yozib beraverishi mumkin. Kasalni davolash asosni to’g’ri 
tanlashga bog’liq. Zamonaviy farmatsiya juda ko’p surtma asoslarini qo’llaydi. Bunga sabab 
surtma holida tavsiya etiladigan dori moddalarning turli xil fizik-kimyoviy xossaga ega 
ekanligidir. Demak, surtma asoslarining shunday to’plami bo’lishi kerakki, unda har bir surtma 
uchun eng ratsional asosni topish qulay bo’lsin.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling