Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Sellyulozaning yarim sintetik hosilalari


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Sellyulozaning yarim sintetik hosilalari
Metilsellyuloza (MS) va natriy-karboksimetilsellyuloza (Na-KMS) surtma asoslar tarkibida 
ishlatila boshlandi. 
MS — oddiy efir. Metilsellyuloza molekulasiga metilguruhlar kiritish soniga qarab 
polimerlanish soni 150 dan 700 gacha bo’lgan efirlar olish mumkin. Bularning molekula 
og’irliklari 30000 dan 140 000 gacha to’g’ri keladi. Metilsellyuloza eritmalarining asosiy xossalari 
uning qovushqoqligi bo’lib, u metoksil guruhlar soniga bog’liq. Farmatsiyada ishlatiladigan 
metilsellyuloza 26-33% metoksil guruhlar saqlaydi. Metilsellyuloza oq yoki sariq rangli tolasimon 
massa holida chiqariladi. Xom ashyoning hidi ham, mazasi ham bo’lmaydi. uzoq vaqt saqlanishi 
mumkin. Metilsellyuloza eritmasini tayyorlashning eng qulay yo’li: ulchab olingan modda 80-
90
0
S gacha isitilgan suv bilan qattiq aralashtirilib turgan holda ishlanadi. Shundan keyin sovuq 
suv qo’shiladi va bir jinsli yopishqoq suyuqlik hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Metilsellyuloza 
eritmalari mikroorganizmlar ta’siriga chidamli hamda organizm uchun zararsiz, fiziologik jihatdan 
inert. Ular yuqori darajada bog’lovchilik, dispergirlovchi, ho’llovchi va adgeziv xususiyatiga ega. 
Metilsellyuloza sezilarli darajada sirt tarangligini pasaytiradi. Shuning uchun u yuqori 
emulgirlovchi xususiyatga egadir. Farmatsiyada shunga bog’liq holda faqatgina surtma 
tayyorlashda emas, balki boshqa hollarda ham ishlatiladi. MS eritmalari quriganda shaffof
rangsiz, mustahkam parda hosil qiladi. Hosil bo’lgan parda organik erituvchilar, yog’lar va moylar 
ta’siriga chidamli bo’ladi. 
Na-KMS — bu sellyuloza va glikol kislotasi oddiy efirining natriyli tuzi hisoblanadi. 
Polimerlanish darajasi 300 dan 3000 gacha, molekulyar og’irligi 75000 dan 750000 gacha. Oq
yoki kulrang bir jinsli tolasimon modda bo’lib, sovuq hamda issiq suvda yaxshi eriydi. MS li va 
Na-KMS li asoslar odatda glitserin bilan birga quyidagi nisbatlarda olinadi: 1) MS 6 g, glitserin 20 
g, suv 74 g; 2) Na-KMS 6 g, glitserin 10 g, suv 84 g va boshqalar. Bularga konservantlar 
qo’shiladi. Asoslar shilliq qavatlarning mahsuloti bilan yaxshi aralashadi. Bu esa dorivor moddani 
zararlangan qismga yaxshiroq ta’sir qilishini ta’minlaydi. 

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling