Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’simlik moylari
Gidrogenlangan yog’lar. Surtma asosi bo’lib faqat yumshoq surtmaga o’xshash ashyolar
xizmat qilishi mumkin. Bunga quyidagilar kiradi: 1. Salomas yoki gidroyog — Adeps hydrogenisatum 2. O’simlik yog’i — Axungiha vegetabilis (88-90) gidroyog va 10-12% o’simlik moyidan iborat qotishma 3. Kombiy yog’i — Adeps compositus (55% salomas, 30% o’simlik moyi va 15% mol yog’i, cho’chqa yog’i, kitning gidratlangan yog’idan iborat qotishma). O’simlik moylari. Kungaboqar moyi — (Oleum Helianthi), shaftoli moyi (Oleum persicorum) va boshqa moylar mol yog’i va mumga qo’shimcha sifatida ishlatiladi. Buning natijasida xossasi bo’yicha cho’chqa yog’iga yaqin bo’lgan qotishma hosil bo’ladi. Ishlatiladigan moylar kislota soni 2,25-2,5 dan oshmasligi kerak. Yog’larning umumiy kamchilik tomoni ularning havoda tez taxirlanib qolishidir, ayniqsa suvli sharoitda. Yog’larning farmakologik indifferentligi ularning yangiligiga bog’liq. Eskirgan yog’lar teri va shilliq qavatni qitiqlaydi. Shuning uchun surtma asoslari bo’lgan yog’larni saqlashda extiyotkorlik talab qilinadi. Ulardan tayyorlangan surtmalarning muddati belgilangan bo’ladi. Surtma tarkibiga kiruvchi moddalar yog’ kislotalari va yog’larning aynigan mahsuloti (perekislar, ozonidlar) bilan ta’sirlashsa, (ishqoriy komponentlar, og’ir metall tuzlari va oksidlari) u holda yog’lar asos sifatida yaroqsizdir. Yog’larni oksidlanishdan saqlash uchun qator tabiiy va sintetik antioksidantlar qo’llaniladi. O’zida antioksidant saqlaydigan o’simlik moylari ham bor. (Masalan: tokoferollar). Sintetik antioksidantlardan butiloksianizol (BOA) va butiloksitoluol (BOT) yuqori aktiv va fiziologik zararsizdir. Ikkala modda ham hayvon yog’larini turg’unlashtirishda 0,02% konsentratsiyasigacha ishlatilishi mumkin. Hayvon va o’simlik yog’larida qancha ko’p tokoferol saqlansa, ular shuncha oksidlanishga chidamli bo’ladi. Yog’larda ketadigan oksidlanish protsesslari perekis soni bilan aniqlanadi. Perekis soni bu peroksidlarni parchalash uchun ketgan yodning protsent miqdoridir. Yangi cho’chqa va mol yog’ining perekis soni 0,03% dan oshmaydi. Perekis soni 0,1 bo’lishi chegara hisoblanadi. Undan oshsa cho’chqa va mol yog’i buzilgan hisoblanadi. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling