Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Emulsion asosdagi surtmalar
Emulsion asosdagi surtmalar yirik farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarida ishlab 
chiqariladi, chunki ularni ishlab chiqarish bir vaqtda emulgatorni tayyorlab olish bilan ham 
bog’liqdir. Dorixonada tayyor asos yoki emulgator bo’lganida emulsion asosdagi surtmalarni 
tayyorlash qulay bo’ladi. Emulgator sifatida ko’pincha T-2 emulgatori qo’llaniladi, uning 
yordamida quyidagi konsistent emulsiya olinadi: vazelin 60 qism, emulgator 10 qism, suv 30 qism 
(E.N.Kutumova buyicha). Vazelin va emulgator T
2
bug’latish qozonida qizdiriladi, so’ngra 
korpusga bo’lib-bo’lib 90-95
0
C gacha qizdirilgan suv quyiladi, 15 minut aralashtiriladi. Korpusda 
eriydigan dorivor modda bilan surtma tayyorlashda (masalan, skipidar) uni oldin korpusda eritib 
olinadi va so’ngra suv qo’shib aralashtiriladi. Xuddi shu surtmani kaliy yodid bilan tayyorlashda 
uni oxirida suvli fazada eritiladi. Suspenzion surtmalarni tayyorlashda erimaydigan modda vazelin 
moyi bilan disperslanadi yoki 45
0
S dan yuqori qizdirilmagan asos bilan eziladi. Qaysi usulni 
tanlash qattiq faza miqdoriga bog’liq. 
Ma’ruza 6
MAVZU 6. Kombinirlangan surtmalar. Dori moddalarning xususiyatlaridan kelib chiqib 
mo‘tadil texnologiya ishlab chiqish qoidalari. Surtmalar sifatini baholash.
Ma’ruza maqsadi: Kombinirlangan surtmalar. Dori moddalarning xususiyatlaridan kelib 
chiqib mo‘tadil texnologiya ishlab chiqish qoidalari. Surtmalar sifatini baholashga oid nazariy 
ma’lumotlarni berish.
Tayanch atama va iboralar:
Unguentum-surtma
Kombinirlangan- surtma tarkibida dori modda suspension hamda emulsion holda bo’lishi
Dispergirlash-maydalash
Emulgirlash- emulgator va moyni bir xil aralashishini ta’minlash
Reja:
1. Kombinirlangan tipdagi surtmalar tayyorlashda ishlatiladigan asoslar.
2. Kombinirlangan tipdagi surtmalarni tayyorlash texnologiyasi asoslariga qo`yilgan 
talablar.
3. Kombinirlangan tipdagi surtmalarning umumiy tayyorlash texnologiyasi.
4. Kombinirlangan tipdagi surtmalar texnologiyasining o`ziga xosligi.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling