Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Ma’ruza 9 MAVZU 9. Steril dori turlari, ularda ishlatiladigan erituvchilar. Aseptika va aseptik blok


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Ma’ruza 9
MAVZU 9. Steril dori turlari, ularda ishlatiladigan erituvchilar. Aseptika va aseptik blok 
tushunchasi.
Ma’ruza maqsadi: Sterillash, uning turlari. Konservantlar tushunchasi, qo‘llanilishi oid nazariy 
ma’lumotlarni berish
Tayanch atama va iboralar:
Sterillash budorilarda juda tez ko’payib rivojlana oladigan mikroorganizmlarni batamom yo’q 
qilish.
Termik sterilizatsiya- mikrob to’qimalarining protoplazmasi pirogenetik yemirilish natijasida 
qaytmas koagulyatsiyaga uchrashi.
Filtrlab sterillash- maxsus teshiklari bo’lgan filtr orqali eritmalarni filtrlab, mikroorganizmlardan 
tozalash usuli.
21
Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология. Изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».-
Москва.-2016. (760 bet)


Shisha filtr- shisha donalari yopishtirilgan plastinka.
Membrana filtrlar- dori modda eritmalarini to’liq sterillash uchun qo’llanadi.
Kimyoviy sterilizatsiya- mikrofloraga kimyoviy moddalarni ta’sir ettirish yo’li bilan olib boriladi.
Reja:
1. Asеptika sharoitida tayyorlanadigan dori turlari 
2. Asеptik sharoitini yaratish talablari kеltirilgan MH:
3. Dorixonada asеptika sharoitini ta'minlash.
4. Asеptika tushunchasi va stеrilizatsiya usullari.
5. In'yеktsion eritmalarga qo’yilgan talablar.
ASEPTIK SHAROITDA DORI SHAKLLARINI TAYYORLASH
Bizni qamrab olgan tabiat, xususan suv, havo va yer qatlami turli-tuman mikroorganizmlar 
bilan to’la. Ayniqsa, ular yer qatlamida juda ko’pdir. Bir gramm tuproqda milliardlab bakteriyalar 
joylashgan. Shu sababli dori tayyorlash jarayonida tozalikka rioya qilish, xonalarni ifloslanishdan 
asrash dorixona sharoiti uchun birinchi navbatdagi vazifalardan ekanligini doimo yodda tutish va 
unga amal kilish zarur.
Dori shakllarini tayyorlash usullarini dori shakllarini organizmga yuborilishi, ularni 
kasallikni davolashdagi o’rni va ayniqsa shu dorilarni tayyorlash jarayonida tozalik darajasi 
hisobga olingan holda quyidagicha taqsimlash mumkin.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling