Aseptika Aseptikaning moxiyati


Download 77.89 Kb.
bet1/15
Sana08.04.2023
Hajmi77.89 Kb.
#1341572
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Sterilizasiya qilish usullari


Reja:
  1. Aseptika sharoitini ta’minlash


  2. Sterilizatsiya usullari


  3. In’eksion dori turlari


  4. In’eksion dori turlarining o’ziga xos texnologiyasi





Aseptika


Aseptikaning moxiyati. In’eksion dori turlarini tayyorlash davomida maxsus sharoit — aseptik muxit yaratish lozim. Bu aseptik muxit dori turlarini tayyorlashda unga tushadigan mikroorganizmlardan saqlaydi. Aseptik sharoitga amal qilinmay tayyorlangan dori turlari mikroflora bilan ifloslanadi va bu dorilar termik sterilizatsiya paytida o’lgan mikroorganizmlar,ular ajratgan toksinlarni o’zida saqlab qoladi. O’z tarkibida o’lik mikroorganizm qoldiqlari yoki ulardan ajralib chiqqan toksinlarni saqlovchi dori turlari organizm uchun juda xavflidir. Bunday dori turlari bemorda haroratning ko’tarilishi (pirogen reaksiya)ga yoki nojo’ya ta’sirga olib kelishi mumkin. Ammo ba’zi dori turlari termik sterilizatsiyaga chidamsizdir. Bunday dori turlari termolabil (emulsiya, suspenziya va boshqalar) bo’ladi. Termik sterilizatsiya qilingan paytda ularda rekristallanish, flokulyasiya (suspenziyalarda) va koalessensiya (emulsiyalarda) xodisasi tezlashadi. SHuning uchun termolabil dori turlarini tayyorlashda boshqacha usuldan foydalanish kerak. Bu maqsadda erituvchi yoki mal­hamlar uchun asoslar, ish asboblari va idishlar alohida sterillanadi, yuqori haroratga chidamsiz bo’lgan dori moddalari esa aseptik sharoitda o’lchab olinadi va sterillangan erituvchida eritiladi (ba’zan konservant qo’shiladi) yoki sterillangan asboblar yordamida sterillangan asoslar bilan aralashtiriladi hamda steril idishlarga solinadi. Dori turlarining termolabil bo’lmagan komponentlari ham sterilizatsiyalanadi. Barcha in’eksion dori turlari aseptik bloklarda tayyorlanadi.
In’eksion dori turlari alohida guruhni tashqil qilib, davolash profilaktika muassasalari karamogidagi dorixonalar retsepturasining deyarli 60% ni tashqil etadi.
In’eksion dori turlariga XI DF si tomonidan quyilgan umumiy talablar quyidagilardan iborat:
1) sterillik;
2) ko’zga ko’rinadigan mexaniq qo’shilmalardan amalda holi bo’lishlik;
3) apirogenlik;
4) turg’unlik;
5) xususiy maqola talabiga kura izotoniklik, izoioniklik va izogidriklik.
Sterilizatsiya bosqichi eng bosqichlardan hisoblanadi. Bu bosqichni amalga oshirishda GMP talablari asosida mumkin qadar mikroorganizmlardan xoli qilinadi. Sterilizatsiyada strelizatsiya qilinaetgan eritmlarga konservantlar qo’shish tavsiya etiladi.17


Download 77.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling