Aseptika Aseptikaning moxiyati


In’eksion moylar. Spirtlar


Download 77.89 Kb.
bet15/15
Sana08.04.2023
Hajmi77.89 Kb.
#1341572
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Sterilizasiya qilish usullari

In’eksion moylar. Spirtlar.


O’simlik moylari. SHaftoli, o’rik va bodom moylarining yopishkokligi kam bo’lganligi uchun shprits ninasining tor kanallaridan ham o’tishi mumkin. Moylarda erimaydigan moddalar suspenziya holida kiritiladi. O’simlik moylarining kislotaligi 2,5 dan oshmasligi kerak. Sterillangan o’simlik moylarini olish uchun kichik hajm­li shisha idishlarga (500 ml hajmgacha) solib, keyin quruq xavo bilan idish hajmini hisobga olgan holda 180°S da 30-40 dak. yoki 200°S da 15-20 dak. sterillanadi.


Vazelin moyi. Teri ostiga yoki muskullar orasiga yuborilganda turg’un shishlar hosil qilgani uchun in’eksion erituvchi sifatida ishlatilmaydi.

Spirt. Spirt ba’zida shokka qarshi suyuqliklar tarkibida vena ichiga kuyish uchun ishlatiladi. Spirt bunda aldegid va sivush moylaridan tozalangan (rektifitsirlangan) bo’lishi kerak.


DORI MODDALAR
In’eksion eritmalar DF va boshqa me’yoriy texnik xujjatlar talabiga javob beradigan dorivor moddalardan tayyorlanadi. Ba’zi hollarda in’eksiya uchun mo’l­jallangan dori moddalarning o’ta tozaligi tekshiriladi. Masalan,geksametilentetraminning 5 ml eritmasiga (1:2, 5) 0,5 ml atseton va 10 tomchi 1%li yangi tayyorlangan natriy nitroprussidning suvli eritmasidan qo’shilganda 10 daqiqadan so’ng kizgish-binafsha rang hosil bo’lmasligi kerak (aminlar).

Glyukoza, kalsiy glyukonat, natriy kofein benzoat, natriy sitrat, akrixin, kalsiy xlorid, magniy sulfat va boshqalar ham yuqori darajada toza bo’lishi kerak.


In’eksion preparatlar maxsus idishlarda, ogzi yaxshi berkitilgan holda shkaflarda saqlanadi. SHtanglaslarni preparatlar bilan to’ldirishda har safar idish hamda tikinlar yaxshilab tozalanadi va sterilizatsiya qilinadi.
YOrdamchi moddalar (stabilizator, solyubilizator, konservant va boshqalar) sifatliligi jixatidan DF ning ko’rsatilgan moddalari (agar bu moddalar rasmiy bo’lsa) yoki boshqa me’yoriy-texnik xujjatlar talabiga javob berishi kerak.
Download 77.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling