Aseptika Aseptikaning moxiyati


Download 77.89 Kb.
bet3/15
Sana08.04.2023
Hajmi77.89 Kb.
#1341572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Sterilizasiya qilish usullari

Sterillash usullari
Sterillash usuli deb, dorilarda juda tez ko’payib rivojlana oladigan mikroorganizmlarni batamom yo’k kilishga aytiladi. Zamonaviy sterilizatsiya usullariga quyidagilar kiradi:

1. Termik sterilizatsiya.


2. Ultrabinafsha nurlar bilan sterilizatsiyalash.
3. Radiatsion sterilizatsiya.
4. Ultratovush sterilizatsiyasi.
5. Steril filtratsiyasi.
6. Kimyoviy usul bilan sterillash.


Termik sterilizatsiya
Termik sterilizatsiya jarayonida mikrob to’kimalarining protoplazmasi pirogenetik emirilish natijasida qaytmas koagulyasiyaga uchraydi. SHuningdek, ferment sistemalari ham shikastlanadi. Termik usul dorixonalarda, zavod sharoitlarida keng qo’llaniladi. Dori moddalar va ayrim buyumlarni sterilizatsiya kilishda albatta ularning xususiyatlari, fizik va ximik xossalarini hisobga olib, ma’lum bir termik usul tanlanishi kerak.


Issiq bug’ bilan sterilizatsiya qilish
Barcha mikroorganizmlarga, ayniqsa ularning sporalariga quruq issiqdan ko’ra nam issiq bug ta’sir kilishi ma’lum. SHu nuktai nazardan nam issiqlik sterilizatsiyalash uchun maqsadga muvofikdir. Dori tayyorlash jarayonida quyidagi nam issiqlik bug bilan sterilizatsiya kilish usullari keng foydalaniladi: avtoklav, bug va bir necha bor isitish yo’li bilan sterilizatsiya kilish.


Avtoklav usuli
Germetik kamerada sof to’yintirilgan bug orqali atmosfera bosimidan yuqori bosimda moddalarni sterillash usuliga aytiladi. X DF ko’rsatma­siga binoan avtoklav dorixona sharoitida ishlatiladigan termik sterilizatsiyaning asosini tashqil qiladi. Bu usulda sterillash avtoklav deb atalgan apparatlarda olib boriladi (25-rasm).
Avtoklav bug kozonlari turiga kiruvchi apparat hisoblanib ishlash jarayoni ham ularga o’xshashdir. Kozondagi bug bosimining holatini o’rnatilgan manometr orqali kuzatish mumkin. Avtoklavdagi manometr ko’rsatkichlari bir atmosferadan yuqori bo’lsa, avtoklav manometr millari ham asta-sekin ko’tarila boshlaydi. Bug kozonidagi avtoklav tashkarisida o’rnatilgan manometr (membranali yoki prujinali) orqali kuzatiladi. Manometr ko’rsatkichlari texnik atmosfera bosimiga moslashtirilgan bo’lib, kozondagi bosim tashqi atmosfera bosimidan oshgandagina manometr ortiqcha atmosferani ko’rsatadi. SHuning uchun uni (ati) ichkaridagi atmosfera yoki ortiqcha bosim deb yuritiladi. Kozondagi atmosferani o’tkazish uchun esa manometr ko’rsatgichiga oddiy atmosfera bosimi, ya’ni son hisobida atm qo’yib hisoblash kerak. Masalan, manometr 1 atm ko’rsatsa, kozondagi bosim oddiy absolyut atmosferada 2 ata bo’ladi. Bosim ko’rsatkichiga to’gri keladigan harorat 13-jadvalda keltirilgan.






Download 77.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling