Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuchli asos va kuchsiz kislota, kuchsiz kislota va kuchli asosdan tashkil topgan tuzlardan in’yeksion eritmalar tayyorlash
Pasporti: Novokain 1,0
In’yeksion suv 200ml Xlorid kislota 0,8 ml 4 ml — 1000ml x — 200ml V um = 200 ml Dorixonalarda qulaylik uchun 0,01 xlorid kislota eritmalari tayyorlab qo’yiladi. Ularni 100 ml dan qilib, ya’ni 0,4 ml —8,3% li xlorid kislotani 100 gacha suyultirib 120°C — 8 min sterilizatsiyalab tayyorlanadi. Bunday turg’unlashtiruvchilarni saqlash muddati 45 kungacha. 26 Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология. Изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2016. (760 bet) Kuchli asos va kuchsiz kislota, kuchsiz kislota va kuchli asosdan tashkil topgan tuzlardan in’yeksion eritmalar tayyorlash Kuchli asos va kuchsiz kislotadan tarkib topgan tuz (natriy kofein benzoat, natriy nitrit, natriy tiosulfat va boshqalar) eritmalari uchun stabilizator sifatida ishqor eritmalari ishlatilishi mumkin. Rp: Sol. Coffeini - natrii benzoatis 10% - 50 ml Sterilisetur! D.S. 1 ml dan teri ostiga yuboriladi. Pasporti: Koffein benzoat natriy 0,5 g Natriy gidrooksid eritmasi 0,2 ml 1000ml-4ml 50ml-X In’yeksiya suvi- 50ml V um = 50 ml Yuqoridagi retsept kuchli asos va kuchsiz kislotadan tashqil topgan tuz eritmasiga misol bo’ladi. XI DF si talabiga binoan eritmani tayyorlashda stabilizator sifatida bir litr eritmaga 0,1 M natriy ishqoridan 4 ml qo’shiladi. Bu retsept buyicha 0,2 ml natriy gidroksid eritmasi kushamiz. Eritmaning pH ko’rsatkichi 6,8—8,0 oraligida bo’ladi. Eritma 120°S da 8 daqiqa sterillanadi. Alkaloid va sintetik azot asos tuzlari eritmasi (morfin gidroxlorid, strixnin nitrat, novokain va b.) qadoqlanadigan shishaning ishqoriy muhiti ta’sirida gidroliz, fenol guruhining oksidlanishi, murakkab efir bog’larining sovunlanishi kabi reaksiyalarga uchraydi. Bu eritmalarni 0,1 M li xlorid kislotasi qo’shib turg’unlashtiriladi. Rp: Sol Dibazoli 1%—10 ml Sterilisetur! D.S. 50 flakon. Steril o’lchov kolbasiga aseptik sharoitda tortib olingan 5 g dibazol solinadi. Ustiga in’yeksiya uchun ishlatiladigan suv, 5 ml 0,1 M li xlorid kislota eritmasi solib eritiladi va eritma hajmi 500 ml ga yetkaziladi. Tayyor eritma steril filtr orqali hajmi 10 ml li idishlarga qadoqlanadi. Idishning og’zi rezina tiqin va alyumin qopqoq bilan zich qilib berkitiladi. Mexanik zarrachalar bor-yo’qligi tekshirilib, so’ng avtoklavda 120°C haroratda 8 daqiqa sterillanadi. Yana mexanik zarrachalar bor-yo’qligi tekshirilib, tegishli yorliq yopishtiriladi. Eritmani saqlanish muddati qorong’i va salqin yerda 60 kun. XI DF bo’yicha, in’yeksiya dori turlariga steril suvli va suvsiz eritmalar, suspenziyalar, emulsiyalar, yuborishdan oldin steril erituvchida eritiladigan quruq va qattiq moddalar (poroshoklar, g’ovak massalar va tabletkalar) kiradi. Dorivor moddalarni erituvchisi sifatida DF va normativ texnik hujjatlar talablariga javob beruvchi in’yeksiya uchun suv, o’simlik moylari, etiloleat ishlatiladi. Kompleks erituvchi tarkibida esa etil spirti, glitserin, propilenglikol, polietilenoksid 400, benzilbenzoat, benzil spirti va boshqa erituvchilar ishlatiladi. In’yeksiya uchun ishlatiladigan suv XI DF ga asosan tozalangan suvga qo’yilgan talablardan tashqari apirogen bo’lishi kerak (FS 42 o’z - 0512 - 2002). Bu suv aseptik sharoitda tomchilarni ushlab qoladigan maxsus separator o’rnatilgan distillyasion apparat yordamida olinadi. In’yeksiya uchun ishlatiladigan suv va in’yeksion eritmalarning pirogenligini tekshirish XI DF, 2-tomining, 183 betida keltirilgan «Pirogenlikka tekshirish» maqolasiga ko’ra olib boriladi. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling