Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch atama va iboralar: Turg’unlashtirish bu- eritma barqarorligini oshirish. Kuchli asos va kuchsiz kislota Kuchli asos va kuchsiz kislota Reja
Ma’ruza 12
MAVZU 12 . Turg‘unlashtirish tushunchasi. A.S.Prozorovskiy va N.A.Kudakova tasnifiga ko‘ra in’yeksion dori turlarini turg‘unlashtirish. Ma’ruza maqsadi: Turg‘unlashtirish tushunchasi. A.S.Prozorovskiy va N.A.Kudakova tasnifiga ko‘ra in’yeksion dori turlarini turg‘unlashtirishga oid nazariy ma’lumotlarni berish Tayanch atama va iboralar: Turg’unlashtirish bu- eritma barqarorligini oshirish. Kuchli asos va kuchsiz kislota Kuchli asos va kuchsiz kislota Reja: 1. Kuchli asos va kuchsiz kislota hosilalaridan tashqil topgan tuzlardan in’yeksion eritmalar tayyorlash. 2. Kuchsiz asos va kuchli kislota tashkil topgan tuzlardan in’yeksion eritmalar tayyorlash I. Kuchli asos va kuchsiz kislota hosilalaridan tashqil topgan tuzlardan in’yeksion eritmalar tayyorlash. Rp.: Sol. Coffeini natrii benzoatis 10 % — 100 ml Sterilisetur ! D. S. teri ostiga 1 ml dan kuniga 2 marta. 0,4 ml 0,1n NaOH, eritmasi solib, 120°S-121°C sterillanadi. Gidroliz natijasida reaksiya muhitida ishqoriy sharoit yuzaga keladi. Bunga misol qilib natriy nitrit, natriy tiosulfat va kofein benzoat natriy eritmalari keltirilishi mumkin. Reaksiyani to’xtatishni, ya’ni gidrolizni to’xtatishni birdan-bir usuli reaksiya muvozonatini orqaga qaytarish, ya’ni ishqoriy sharoit hosil qilish maqsadida 0,1 n natriy ishqori yoki natriy gidrokarbonat eritmasi qo’llash mumkin. NaNO 2 1 litri uchun — 2 ml 0,1 n NaOH Kofein benzoat natriy 1 litri uchun— 4 ml 0,1 n NaOH Na 2 ·S 2 O 3 1 litr uchun —20 g NaHCO 3 Barbiturat kislotani natriyli tuzlari (geksenal, tiopental natriy) 0,05%-0,25% — NaOH yoki 5-6% — Na 2 CO 3 solib turg’unlashtiriladi. II. Kuchsiz asos va kuchli kislota qoldiqlaridan tashqil topgan tuzlar. Gidrolizni to’xtatish yoki yo’qotish maqsadida eritma tarkibidagi H q ionlarining sonini oshirish kerak. Ya’ni kislota solinadi. Suvda yomon eriydigan kuchsiz asos eritmalarida eritma pH muhitini siljishi ham eritma tarkibida cho’kma hosil qilishi mumkin (strixnin, papaverin, nikotin, omnopon). pH muhitni sezilarli darajada siljishi esa eritmada ancha kuchli asoslarni ham ajratib chiqaradi 26 . Masalan: novokain asosi, agar shisha sifati past bo’lsa, sterillash vaqtida shishada moysimon qoldiq ko’rinishida ajraladi. Bunday tuzlar odatda 0,1 n. xlorid kislota bilan turg’unlashtiriladi va 1 litrga 4 ml solinadi. pH 3,0-4,0 (natriy strixnin morfin gidroxloridga, dikain, dibazolga) sovkain eritmasiga — 6 ml 0,1 N. HCl solinadi. Novokain va dikain gidroxlorid eritmalarini tayyorlashda xlorid kislotadan turg’unlashtiruvchi sifatida foydalaniladi. Ammo shuni aytish kerakki, bu anestetiklarni og’riq qoldirish xususiyati faqat asos holida bo’lganda namoyon bo’ladi. Uni farmakologik xossasi yuzaga kelishi uchun muhit neytral yoki kuchsiz ishqoriy bo’lishi kerak. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, bunday sharoitda novokainni saqlab bo’lmaydi, chunki novokain ishqoriy gidrolizga uchraydi, bu esa uni parchalanishiga olib keladi. Novokainni bu xususiyatlarini hisobga olgan holda uni ishlatiladi. Agar kam hajm 1-2-5 ml hajmda ishlatilganda, uni HCl bilan turg’unlashtirib tayyorlanadi pH (4,2-4,5) 2. 0,65% difosfatni osh tuzi bilan olingan aralashmasi eritmasida pH=7,2 3. Rp: Sol. Novocaini 0,5 % — 200,0 Sterilisetur! D. S. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling