Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Ma’ruza 12
MAVZU 12
. Turg‘unlashtirish tushunchasi. A.S.Prozorovskiy va N.A.Kudakova 
tasnifiga ko‘ra in’yeksion dori turlarini turg‘unlashtirish. 
Ma’ruza maqsadi: Turg‘unlashtirish tushunchasi. A.S.Prozorovskiy va N.A.Kudakova 
tasnifiga ko‘ra in’yeksion dori turlarini turg‘unlashtirishga oid nazariy ma’lumotlarni berish
Tayanch atama va iboralar:
Turg’unlashtirish bu- eritma barqarorligini oshirish.
Kuchli asos va kuchsiz kislota
Kuchli asos va kuchsiz kislota
Reja:
1. Kuchli asos va kuchsiz kislota hosilalaridan tashqil topgan tuzlardan in’yeksion eritmalar 
tayyorlash.
2. Kuchsiz asos va kuchli kislota tashkil topgan tuzlardan in’yeksion eritmalar tayyorlash


I. Kuchli asos va kuchsiz kislota hosilalaridan tashqil topgan tuzlardan in’yeksion eritmalar 
tayyorlash.
Rp.:
Sol. Coffeini natrii benzoatis 10 % — 100 ml
Sterilisetur !
D. S. teri ostiga 1 ml dan kuniga 2 marta.
0,4 ml 0,1n NaOH, eritmasi solib,
120°S-121°C sterillanadi.
Gidroliz natijasida reaksiya muhitida ishqoriy sharoit yuzaga keladi. Bunga misol qilib 
natriy nitrit, natriy tiosulfat va kofein benzoat natriy eritmalari keltirilishi mumkin. Reaksiyani 
to’xtatishni, ya’ni gidrolizni to’xtatishni birdan-bir usuli reaksiya muvozonatini orqaga qaytarish, 
ya’ni ishqoriy sharoit hosil qilish maqsadida 0,1 n natriy ishqori yoki natriy gidrokarbonat eritmasi 
qo’llash mumkin.
NaNO
2
1 litri uchun — 2 ml 0,1 n NaOH 
Kofein benzoat natriy 1 litri uchun— 4 ml 0,1 n NaOH 
Na
2
·S
2
O
3
1 litr uchun —20 g NaHCO
3
Barbiturat kislotani natriyli tuzlari (geksenal, tiopental natriy) 0,05%-0,25% — NaOH yoki 
5-6% — Na
2
CO
3
solib turg’unlashtiriladi.
II. Kuchsiz asos va kuchli kislota qoldiqlaridan tashqil topgan tuzlar.
Gidrolizni to’xtatish yoki yo’qotish maqsadida eritma tarkibidagi H
q
ionlarining sonini 
oshirish kerak. Ya’ni kislota solinadi. Suvda yomon eriydigan kuchsiz asos eritmalarida eritma pH 
muhitini siljishi ham eritma tarkibida cho’kma hosil qilishi mumkin (strixnin, papaverin, nikotin, 
omnopon). pH muhitni sezilarli darajada siljishi esa eritmada ancha kuchli asoslarni ham ajratib 
chiqaradi
26
.
Masalan: novokain asosi, agar shisha sifati past bo’lsa, sterillash vaqtida shishada moysimon 
qoldiq ko’rinishida ajraladi. Bunday tuzlar odatda 0,1 n. xlorid kislota bilan turg’unlashtiriladi va 1 
litrga 4 ml solinadi. pH 3,0-4,0 (natriy strixnin morfin gidroxloridga, dikain, dibazolga) sovkain 
eritmasiga — 6 ml 0,1 N. HCl solinadi.
Novokain 
va 
dikain 
gidroxlorid 
eritmalarini 
tayyorlashda 
xlorid 
kislotadan 
turg’unlashtiruvchi sifatida foydalaniladi. Ammo shuni aytish kerakki, bu anestetiklarni og’riq 
qoldirish xususiyati faqat asos holida bo’lganda namoyon bo’ladi. Uni farmakologik xossasi 
yuzaga kelishi uchun muhit neytral yoki kuchsiz ishqoriy bo’lishi kerak. Shuni ham ta’kidlab 
o’tish kerakki, bunday sharoitda novokainni saqlab bo’lmaydi, chunki novokain ishqoriy 
gidrolizga uchraydi, bu esa uni parchalanishiga olib keladi. Novokainni bu xususiyatlarini hisobga 
olgan holda uni ishlatiladi. Agar kam hajm 1-2-5 ml hajmda ishlatilganda, uni HCl bilan 
turg’unlashtirib tayyorlanadi pH (4,2-4,5) 2. 0,65% difosfatni osh tuzi bilan olingan aralashmasi 
eritmasida pH=7,2 3.
Rp:
Sol. Novocaini 0,5 % — 200,0
Sterilisetur!
D. S.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling